Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

G‘ijduvon tumanidagi Zarangari qishlog‘ida 4 ming o‘rinli stadion barpo etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58
G‘ijduvon tumanidagi Zarangari qishlog‘ida 4 ming o‘rinli stadion barpo etildi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi “Zarangari” qishloq fuqarolar yig‘inida zamonaviy stadion foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida futbolning ommaviyligini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Mazkur stadion ham ana shunday e’tibor natijasida amalga oshirilgan loyihalardan biridir.
Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, G‘ijduvon tumani hokimligi hamda homiy tashkilotlar tomonidan barpo etilgan stadion yoshlar uchun Mustaqillik kuniga o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi.
Zamonaviy stadion barcha qulayliklarga ega. Bu erda 4 ming nafar muxlisga mo‘ljallangan o‘rindiqlar, yuqori quvvatli tungi yoritgichlar o‘rnatilgan. Futbol maydoni o‘lchamlarining xalqaro andozalarga muvofiqligi bu erda mamlakatimiz miqyosidagi musobaqalarni ham o‘tkazish imkonini beradi.
– Qishloq fuqarolar yig‘ini hududida uchta maktab va bitta kasb-hunar kolleji bo‘lib, ularda futbolga qiziquvchi yoshlar ko‘p, – deydi “Zarangari” futbol klubi raisi Furqat Toirov. – Ular stadionimiz qoshidagi futbol to‘garaklarida tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabining tajribali murabbiylari rahbarligida mahorat sirlarini o‘rganadi. Bu erda shug‘ullanadigan yoshlar orasidan saralanadigan iste’dod egalari kelgusida viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan “Zarangari” jamoasi tarkibidan o‘rin oladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar