Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Portugaliya – O‘zbekiston 5: 1 (To‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
Portugaliya – O‘zbekiston 5: 1 (To‘liq sharh)

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaning Portu shahridagi yig‘ini doirasida o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi.

Xalqaro o‘rtoklik turnirida ishtirokini boshlagan Mendez shogirdlari Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz tarzda boshlangan o‘yin ko‘plab chiroyli vaziyatlarga boy bo‘ldi.

Portugaliya – O‘zbekiston 5: 1 (To‘liq sharh)


Har ikkala terma jamoa ham raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata olgan bo‘lsalarda, aniqlik borasida mezbonlarning natijasi yaxshiroq bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Bruno KoelSho va RikardinSho tomonidan urilgan gollarga, O‘zbekiston Artur Yunusovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limda tajribaliroq bo‘lgan portugallar Rustam Umarov qo‘riqlayotgan darvozani yana 3 bor ishg‘ol etishdi va yakuniy natija 5:1 hisobidagi ko‘rinishni oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabrSh kuni O‘zbekiston terma jamoasi Portudagi o‘zining 2chi uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib jamoasi Evropaning amaldagi chempioni Ispaniya bo‘ladi.

Portugaliya – O‘zbekiston uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi RikardinSho bo‘lib o‘tgan bahs haqida fikr bildirib, O‘zbekiston aholisini Mustaqillik bayramining 25 yilligi bilan tabrikladi. Xususan, jahonning 2011, 2014 va 2015 yillaridagi eng kuchli futzalchisi shunday dedi:

"Bugun terma jamoangiz juda ham yaxshi o‘yin namoyish qildi. Ayniqsa birinchi bo‘limdagi pressing bizga ancha qiyinchiliklarni olib keldi, ammo ikkinchi bo‘limda biz kuchliroq harakat qildik va haqqoniy g‘alabaga erishdik. Bugun O‘zbekistonda mustaqillik kuni bayrami ekanliginidan xabarim bor. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston aholisini ushbu ulkan bayram bilan chin ko‘ngildan tabriklayman va mening sotsial tarmoqlarimdagi ko‘plab o‘zbek muxlislarimga minnatdorchiligimni bildiraman".

Halqaro o‘rtoqlik turniri
Portu, Portugaliya

Portugaliya – O‘zbekiston 5:1 (2:1)
Gollar: B. KoelSho (5), RikardinSho (19), MigelSh Angelo (22), Jo (31), TShyago (39) – Yunusov (17)

Portugaliya
Darvozabonlar: 1.Bebe, 14.Krishtianu
Futzalchilar: 2.Andre KoelSho, 3.Bruno KoelSho, 4.MigelSh Angelo, 5.Fabio SesilSho, 6.Pedro Kari, 8.Jo, 9.Joao Matos, 10.RikardinSho (s), 11.Re, 13.Tiago Brito

O‘zbekiston
Darvozabonlar:
1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov;
Futzalchilar: 3.Nodir Eliboev, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 15.Javlon Anorov, 7.Dilshod Raxmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farxod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.Shuxrat Tojiboev, 5.Davron Choriev, 10.Mashrab Odilov, 9.Ilxom Xamroev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar