Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Ayman al-Hakim: «Kichik xato evaziga yutqazdik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 103
Ayman al-Hakim: «Kichik xato evaziga yutqazdik»


O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ayman al-Hakim ishtirok etdi.
— Shogirdlarimning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Taktik tomondan, himoya, qarshi hujum, har tomonlama o‘zimiz reja asosida o‘ynadik. Shu bois O‘zbekiston terma jamoasi uzoq vaqt davomida gol ura olmadi. Kichik xato bizga qimmatga tushdi. O‘zbekistonning kuchli ekanini, ular bizga bosim o‘tkazishini bilardik. Mag‘lubiyatdan fojia yasamayman, hali hammasi oldinda. O‘zbekiston terma jamoasi haqli g‘alabaga erishdi, o‘zbekistonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Nima uchun shogirdlaringiz olis masofalardan ko‘p zarba bermadi?
— Bu taktik o‘yin edi. Bizda imkon bo‘lgan vaziyatlarda zarba berdik. Imkon bo‘lmaganda esa uzun paslar orqali hujum tashkil qilishga harakat qildik. Bizning maqsadimiz himoyada mustahkam o‘ynashdan iborat edi.
Muxlislarning qizg‘in qo‘llab-quvvatlashi ostida biz bosim ostida o‘ynashga majbur bo‘ldik. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz aynan shu jihatga tayyor emasdik. Keyingi o‘yinlarda bu narsalarni ham inobatga olamiz?

— Siz kichik xato evaziga gol o‘tkazdik dedingiz. Jamoangizda himoya va hujum o‘rtasida uzilish yuzaga kelgani katta xato emasmi?
— Futbol xatolarda iborat, har bir o‘yinda xatolar bor. Yana bir narsani ta’kidlashim lozim. Gol urilgan vaziyatda, so‘nggi zarba berilayotganda futbolchilarim negadir hakam xushtak chalishini kutib, qotib qolishdi. Shu bois gol o‘tkazib yubordik.
— Jamoa keyingi o‘yinlarga qay tariqa tayyorgarlik ko‘radi?
— Keyingi o‘yingacha muddat juda qisqa. Hozircha qilingan xatolardan xulosa chiqarish, taktik jihatdan o‘yinga yaxshi tayyorlanishdan iborat. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Hali hammasi oldinda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar