Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Samvel Babayan: «G‘alabada muxlislarning hissasi ulkan bo‘ldi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 81
Samvel Babayan: «G‘alabada muxlislarning hissasi ulkan bo‘ldi»

O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Samvel Babayan ishtirok etdi.
— Avvalo jurnalistlar orqali stadionga tashrif buyurgan, bizni televizor orqali qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga ulkan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning kuchli qo‘llab-quvvatlashi bizni oldinga undadi. G‘alabada muxlislarning hissasi katta. Ishqibozlarimiz uchun bayram kayfiyatini ulashmoqchi edik. Buni uddaladik.
— Bugun ko‘p vaziyatlarda futbolchilar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni, olis masofadan zarbalar berishni istamadi. Aksincha, raqib jamoa futbolchilari bizga nisbatan ko‘proq olis masofadan zarbalar berdi...
— Muhimi so‘nggi bosqichdagi ilk o‘yinda g‘alaba qozona olmaslik seriyasiga chek qo‘yishimiz kerak edi. Bunga erishdik. Odil Ahmedov va Aziz Haydarovga minnatdorchilik bildiraman. Ularda kichik jarohat bo‘lishiga qaramay, bizga yordam berishdi. Ha, biz muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila olmadik. Lekin Suriya ham kuchli jamoa ekanini unutmaslik lozim. Bugun biz futbolchilarning ishtiyoqi evaziga g‘alaba qozona oldik. Bu jihatdan futbolchilarga katta rahmat aytaman. Keyingi bahslarda muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila boshlaymiz.

— Jamoa yomon o‘ynamadi, ammo futbolchilar o‘z saviyasidan ancha past harakat qildi.
— Futbolda o‘yin tonusi degan tushuncha bor. Afsuski, hali ayrim futbolchilarimiz mavsumga kirishga ulgurishmagan. Agar bu o‘yin bir oydan keyin bo‘lganida futbolchilar butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatishgan bo‘lishardi. Navbatdagi o‘yinda o‘yinchilar nisbatan barqaror o‘yin namoyish qila boshlashadi.
— Sardor Rashidov o‘sishdan qotib qolgandek, o‘zi imkoniyatidan past harakat qilgandek ko‘rinmadimi?
— Sardor Rashidov 65 kun ta’tilda bo‘ldi. Bunaqa holatni professional futbolda birinchi marta ko‘rishim. "Al-Jaish" futbolchilari 2 oydan ortiqroq dam olib, OChL bahsiga bir oy qolganda yig‘inni boshlashgan. Shu bois, Sardor hali optimal formada emas. U barchadan ertaroq safimizga qo‘shilib, jismoniy holatni yaxshilash ustida ishladi. U formaga kirib olsa, hali o‘zini ko‘rsatadi. Unda juda katta salohiyat bor. O‘yindan keyin Rashidov keyingi uchrashuvda yaxshi o‘ynashga va’da berdi.
— Server Jeparov ijrosida burchak to‘plaridan qoniqish hosil qildingizmi?
— Birinchi bo‘limdagi ketma-ket uchta muvaffaqiyatsiz burchak to‘plarini nazarda tutyapsiz shekilli. Mashg‘ulotlarda u barchasini yaxshi bajarayotgan edi. Ammo birinchi bo‘limda uning uzatmalari o‘zi istagandek bo‘lmadi.
— Qariya Geynrix maydonga tushib, jamoani ruhlantirdi va bu o‘z samarasini berdi. Tarkibda yana shunday futbolchilar bormi?
— Geynrix siz aytganchalik qariya emas (kuladi). Sasha zaxiradan tushib, o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi. Baxtimizga tarkibimizda shunday futbolchi bor. U hujumdagi rang-baranglikni oshirdi. Futbolchilarda tajriba tufayli kerakli vaziyatda gol urishga muvaffaq bo‘ldik.

— Qatarga qarshi o‘yin uchun tarkibda, taktikada o‘zgarishlar bo‘ladimi?
— Ertadan boshlab Qatarga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Shifokorlar bugundan jarohati bor futbolchilar bilan ishlashni boshlab yuborishdi. Keyingi o‘yinda bizga Krimets yordam beradi. Balki Jeparovning qaysidir uzatmalari Krimetsgacha etib kelib, u gol urishga muvaffaq bo‘lardi.
So‘zimning yakunida jurnalistlar va ishqibozlardan bir narsani iltimos qilmoqchiman. Futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman. Butun mamlakat qo‘llab-quvvatlayotganini o‘yinchilar his qilsa, bu ularga qo‘shimcha kuch beradi. Barchamiz O‘FF rahbariyati tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalash va muxlislarni xursand qilish uchun borimizni berib harakat qilamiz. Bunga va’da beramiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar