Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

«Obod» futbol maktabi tanlov e’lon qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
«Obod» futbol maktabi tanlov e’lon qiladi

«Obod» futbol klubi kelgusida taniqli futbolchi bo‘lish, o‘zbek futboli dovrug‘ini yanada ko‘tarish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z futbol maktabiga tanlov e’lon qiladi.

Shu maqsadda klub joriy yil 12 sentyabrdan 18 sentyabrga qadar soat 17:00dan boshlab, bo‘lajak futbolchilar uchun tanlov e’lon qiladi. Unda 2003-2010 yillarda tug‘ilgan bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun bolaning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (086-U shaklda), tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrka), ota-onasi nomidan ariza, 3x4 o‘lchamdagi fotosurat hamda jismoniy tayyorgarlikdan o‘tish uchun sport formasi bo‘lishi shart. Tanlov «Obod» futbol klubining sun’iy qoplamali maydonida o‘tkaziladi. Farzandingiz maktabimizda OFKning «S» litsenziyasiga ega malakali murabbiylar qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘zlashtiradi.

Manzil: «Obod» futbol klubi sun’iy qoplamali maydoni.

Mo‘ljal: metroning «Mashinasozlar» bekati hamda «Temiryo‘lchilar» shifoxonasi.

10, 28, 44, 72-avtobuslarning «Temiryo‘lchilar» shifoxonasi, 1, 30, 96-avtobuslarning «TashselShmash» zavodi bekati.

Murojaat uchun telefonlar:
+99893 554-02-20 (Jahongir)
+99893 517-96-67 (Ilhom)
+99897 343-00-73 (Xayrulla)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar