Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

#Rio2016 qahramoni Namanganda munosib kutib olindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52
#Rio2016 qahramoni Namanganda munosib kutib olindi

Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi Murodjon Ahmadaliev bronza medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tardi.
Muhtaram Prezidentimiz sovg‘a qilgan “Malibu” avtomashinasida poytaxtimizdan yo‘lga otlangan chustlik 22 yoshli Olimpiada sovrindori Murodjon Namanganda bayramona kayfiyatda, olqishlar bilan kutib olindi. Namangan viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan g‘olib sportchini sharaflash marosimida viloyatimiz sport jamoatchiligi vakillari, ustoz murabbiylar, sportchi yoshlar ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni istiqlolimizning 25 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Murodjonni eng nufuzli sport musobaqasida erishgan bronza medali, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgani bilan qutlar ekan, bu yutuq eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – istiqlol shodiyonasi oldidan xalqimizga munosib tuhfa bo‘lganligini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston sportchilari zabt etgan baland marralar biz uchun unutilmas davr bo‘ldi. Olimpiyachilarimiz Rio arenalarida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, dunyoning 206 davlatining 12 mingga yaqin sportchilari orasida 21-o‘rinni egalladilar. Bu natija orqali vatandoshlarimiz Osiyoda to‘rtinchi, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari o‘rtasida ikkinchi, Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lishgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Mana shunday zalvorli natijalarda, namanganlik o‘sib kelayotgan yosh o‘g‘il-qizlarning chinakam qahramoniga aylangan Murodjon Ahmadalievning ham munosib hissasi borligini aytib o‘tish joiz.
Olimpiya o‘yinlari tarixida Namanganimizdan birinchi bor sovrindor bo‘lish baxti nasib etgan Murodjonni ko‘rgan bolajonlar qalbida: “Men ham Murodjon akamga o‘xshab, albatta chempion bo‘laman, Olimpiya o‘yinlarida ona Vatan sharafini munosib himoya qilaman”, degan ezgu istak va havas uyg‘ongani shubhasiz. Bu tadbirda so‘z olgan umidli sportchilar Hayotbek Rahimov va Mohinur Ahmadjonovalarning dil so‘zlarida ham o‘z ifodasini topdi.

#Rio2016 qahramoni Namanganda munosib kutib olindi

— Olimpiya o‘yinlarida erishgan medalimni mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan, muxlis qilgan barcha yurtdoshlarimga tashakkur aytaman. Bu yutug‘im Prezidentimizning biz yoshlar kamoloti yo‘lida ko‘rsatayotgan doimiy e’tiborlari mahsulidir, — dedi tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Murodjon Ahmadaliev.
Tantanali marosimda iqtidorli bokschimizga viloyat hokimligi tomonidan Namangan shahrining Boburshoh ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘pqavatli uydan ikki xonali xonadon kaliti berildi. Murodjonni shu darajada el koriga yaraydigan qilib voyaga etkazgan ota-onasi Qahhorjon Ahmadaliev, Oyshaxon aya Fayozovaga, 77 yoshli buvisi To‘xtaxon aya hamda ustoz-murabbiylari Ilhomjon Mirzaholov, Qobiljon Karimovlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda Murodjonning otasi Qahhorjon Ahmadaliev, birinchi murabbiyi Ilhomjon Mirzaholovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda jismonan sog‘lom va aqlan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimovga minnatdorlik izhor qildilar.

Oqilxon DADABOEV,
jurnalist Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar