Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Terma jamoamizdan bayram kuni g‘alaba kutamiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59
Terma jamoamizdan bayram kuni g‘alaba kutamiz!

Hurmatli, vatandoshlar, barchangizni mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin.

Mana, biz muxlislar orziqib kutgan kun ham etib keldi. Bugun mustaqilligimizning 25 yillik bayramini nishonlayotgan bir vaqtda milliy terma jamoamiz 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi so‘ngi bosqichning 1-turida Suriya terma jamoasi bilan o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazadi. «Bunyodkor» stadionida soat 20.00da boshlanadigan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvini intizorlik bilan kutayotgan muxlislarimizga bosh jamoamiz mana shu aziz bayramga ajoyib sovg‘a tayyorlashadi, deb umid qilamiz.

Hozirgi kunda milliy terma jamoamizning o‘zagini tajribali futbolchilar bilan bir qatorda yosh iqtidorli o‘yinchilarimiz ham safni to‘ldirayotgani quvonarli. Lekin, so‘ngi bosqichda baribir tajribali o‘yinchilarga ishonganimiz ma’qul, menimcha. Sababi ularda istaymizmi-yuqmi, baribir xalqaro tajribalari bor. Ana shu tajribali o‘yinchilar so‘nggi pallada o‘zlarini ko‘rsatishadi. Ular biz muxlislardan farqli ravishda o‘zlari ham jahon chempionatida ishtirok etishini ich-ichidan chin dildan xohlashadi. Saralashning so‘nggi hal qiluvchi raundida faqat TAJRIBA o‘z so‘zini aytishi mumkin deb uylayman.

Suriya bilan o‘yinda milliy terma jamoamiz ustozlari bugun to‘g‘ri taktikani tanlab, o‘yinchilarimizni ham jismonan, ham ruhan o‘yinga tayyorlay olishsa, kerakli ijobiy natijani qo‘lga kiritishadi, deb o‘ylayman. Futboldagi yozilmagan qoida bo‘lmish - «Eng yaxshi himoya – hujum!» shiori ostida futbolchilarni ruhiy tomondan tayyorlab g‘alabaga loyiq to‘g‘ri taktika qo‘llash esa murabbiylar shtabiga va qolaversa maydonga tushadigan futbolchilarimizga bog‘liq, albatta. Biz muxlislar esa futbolchilarimizdan chiroyli, mazmunli o‘yin va faqat g‘alaba kutib qolamiz.

Umid qilamanki, Suriya bilan o‘yinda jamoamiz g‘alabaga erishib, yorqin va samarali o‘yinlari bilan O‘zbekiston termasi o‘z guruhida jahon chempionatiga chiqishga asosiy davogarlardan biri ekanligini isbotlaydi. Barcha yurtdoshlarimiz Vatanimiz jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz va omad tilaymiz!
Biz MTJmizga ishonamiz!
KUCh-BIRLIKDA!
OLG‘A - O‘ZBEKISTONIM!!!

Abdumajid Qodirov

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar