Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Server Jeparov: «Avvalgi bosqichdagi muvaffaqiyatsizlik bizni yanada kuchliroq qiladi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29
Server Jeparov: «Avvalgi bosqichdagi muvaffaqiyatsizlik bizni yanada kuchliroq qiladi»

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Server Jeparov ertaga start olayotgan JCh-2018 saralashining 3-bosqichi oldidan OFK rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Braziliya-2014 yo‘llanmasi uchun kurashda O‘zbekiston terma jamoasiga 1 ochko yoki 2ta gol etmay qolgandi.

"Ishonchim komil, bu narsa meni yanada kuchli qiladi va bu safar Jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilamiz. Bu o‘yinlarda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi "Lokomotiv" yarim himoyachisi.
"Biz o‘z ishimizni amalga oshirishimiz kerak. Jahon chempionatiga borish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim. Bu nafaqat men uchun, balki 32 millionli o‘zbek xalqi uchun katta sovg‘a bo‘lardi. Barcha buni kutmoqda. Safimizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Tarkibimizda yosh va tajribali futbolchilar bor".

"2014 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandik, ammo so‘nggi o‘yinda bitta gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay, o‘sha o‘yinda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Siz nimagadir erisha olmasangiz, bu holat sizni kelasi safar yanada kuchliroq qiladi. Ishonchim komil, bu safar jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz", - deydi Jeparov.

"Ushbu bosqichda bizga qarshi beshta yaxshi jamoa qarshilik qiladi. Xitoy esa futbolga katta pul ajratmoqda va kuchli legionerlar hisobiga kuchli ligani tashkil qilishmoqda. Shuning evaziga terma jamoa kuchaymoqda. Janubiy Koreya va Eron doimgidek kuchli".
"Qatar ham yaxshi jamoa, lekin ularda ob-havo bilan bog‘liq muammo bor. Barcha arab jamoalari mehmonda yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmaydi, ular faqat o‘z uylarida yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi. Biz esa har bir o‘yinga 120 foizga tayyor bo‘lishimiz kerak".
"Janubiy Koreya va Eron terma jamoalari guruh favoritlari hisoblanadi. Avvalgi saralash bosqichida Koreya va Eronga qarshi o‘yinlarimiz yodda qolgan. Umid qilaman, bu safar mazkur jamoalarga qarshi o‘yinlarda biz g‘alaba qozonamiz", - deydi Jeparov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar