Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

“Bunyodkor”chilarning Mustaqillik tabrigi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90
“Bunyodkor”chilarning Mustaqillik tabrigi

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini nishonlash arafasida turibmiz.

O‘zbekiston chempionatlarining besh karra g‘olibi, mamlakat kubogining to‘rt karra sohibi, Osiyo Chempionlar ligasining ikki karra yarim finalchisi Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Sizni eng aziz va ulug‘ bayramimiz – O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Yurtimizning 25 yillik to‘yi munosabati bilan “qaldirg‘ochlar”ning Istiqlol bilan tengdosh – 25 yoshli futbolchilari Shahzodbek Nurmatov va Shohrux Gadoev o‘zining bayram tabriklarini izhor etib, barcha yurtdoshlarimizni Istiqlol bilan muborakbod etadi.

Shahzodbek NURMATOV (“Bunyodkor” FK hujumchisi):
- 1 sentyabrSh arafasida diyorimiz yanada chiroy ocha boshlaydi. Yurtimiz ko‘chalarida haqiqiy bayram nafasi hukm suradi. Barcha hamyurtlarimizni ko‘tarinki kayfiyatda uchratasiz. Fursatdan foydalanib, hamma o‘zbekistonliklarni bayram bilan qutlayman! Barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat tilab qolaman!
Jannatmakon O‘zbekiston zaminida tavallud topganim uchun Yaratganga doimo shukr qilib yashayman. Yurtimiz dovrug‘ini yanada oshirish, bayrog‘imizni bundan-da yuqori cho‘qqilarga olib chiqish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Shohrux GADOEV (“Bunyodkor” FK yarim himoyachisi):
- Barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabriklayman! Barchaga tinchlik-totuvlik, omad va olam-olam quvonchlar tilayman!
Istiqlol bayrami hayotimizdagi eng katta ayyom, degan fikrimga barcha vatandoshlarimiz qo‘shilsalar kerak. Hamisha ishingiz baroridan kelsin, azizlar! Hammangizning barcha orzu-umidlaringiz ushalishini tilagan holda, O‘zbekistonni bayram shukuhi hech qachon tark etmasin, degan niyatdaman!
Yurtimiz futbolini xalqaro arenalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va yuksak marralarni zabt etishiga qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar