Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

"Lokomotiv" PFK barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
"Lokomotiv" PFK barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi!

"Lokomotiv" professional futbol klubi xalqimizni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi. Mustaqillik hech shubhasiz har bir isnsonga berilishi mumkin bo‘lgan eng oliy ne’matdir!

Bu yil davlatimiz hurriyatiga 25 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt oralig‘ida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bunyodkorlik yo‘lida shahar va qishloqlar zamonaviy ko‘rinish oldi, joylarda yangi va ravon yo‘llar, ko‘rkam inshootlar barpo etildi. Xalqimiz mustaqil bo‘lgach, o‘z ona tiliga, milliy valyutasiga va eng asosiysi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘ldi.

"Lokomotiv" futbol klubining bosh homiysi - "O‘zbekiston temir yo‘llari" aktsionerlik jamiyati tomonidan Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bir qator ishlar amalga oshirildi. Yangi yo‘llar va yangi bekatlar qurilib foydalanishga topshirildi. "Afrosiyob" tezyurar poezdining yo‘lga qo‘yilishi, "Qamchiq" tunnelining ochilishi, Toshkent - Andijon yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchi pozedning qatnashi hamda temiryo‘l sohasiga oid boshqa yangiliklar - bularning barchasi aynan Mustaqlllik tufayli deya baralla ayta olamiz.

Davlatimiz Mustaqil bo‘lgach, sportga bo‘lgan e’tibor oshdi. Shaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda boshqa bir qator sport tashkilotlari tashkil etildi. O‘zbekiston bo‘ylab boshqa sohalar qatori sport rivoj topdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rio-2016 Olimpiadasigai yutuqlar ham aynan Mustaqillik, yoshlarga berilayotgan imkoniyat tufaylidir.

"Lokomotiv" futbol klubi o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda muvaffaqiyatli odimini davom ettiryapti. Nasib qilsa, futbolchilarimiz muxlislarga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish orqali quvonch ulashadi degan umiddamiz.

"Lokomotiv" PFK yana bir bor yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi. Tinchligimizga ko‘z tegmasin, osmonimiz doim musaffo bo‘lsin, xalqimiz baxtiga Yurtboshimiz omon bo‘lsinlar!

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar