Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Samvel Babayan: «Ko‘p narsa o‘z o‘yinimizni qanchalik namoyish qila olishimizga bog‘liq»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63
Samvel Babayan: «Ko‘p narsa o‘z o‘yinimizni qanchalik namoyish qila olishimizga bog‘liq»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichiga kirishadi. Terma jamoamiz "Bunyodkor" stadionida Suriya terma jamoasini qabul qiladi. Bugun o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi va uning dastlabki qismida Samvel Babayan va Server Jeparov ishtirok etishdi.
— Ertaga JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichidagi ilk o‘yinni o‘tkazamiz. O‘yin ajoyib stadionda o‘tkaziladi. Bu stadion yurtimizning salohiyatini ko‘rsatib beruvchi arenalardan biri. Suriya haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bu yahxshi va barqaror jamoa. Ularning hujum chizig‘i yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqdik. O‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Server Jeparov:
— Ertaga g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Saralash bosqichini qanday boshlasak, uni shunday davom ettiramiz. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

— Burkina Fasoga qarshi o‘yindan keyin kamchiliklarni tahlil qilib, ularni bartaraf etishga harakat qildingizmi?
— Xabaringiz bor, Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov safimizga 2 kun oldin kelib qo‘shilishdi. Terma jamoa bilan ishlashning o‘ziga xos tomonlari bor. Qisqa vaqt ichida o‘yinchilarni uchrashuvga har tomonlama yaxshi tayyorlash kerak. Ahmedov va Denisovning jismoniy holatini tiklash borasida shifokorlarimiz ish olib borishyapti. O‘ylaymanki, ular yaxshi holatda maydonga tushishadi.

— Statistikaga qaraydigan bo‘lsa, JCh saralashlarining so‘nggi bosqichini hech qachon g‘alaba bilan boshlamaganmiz: yo mag‘lubiyatga uchraganmiz, yoki durang o‘ynaganmiz. Ertangi o‘yin oldidan futbolchilarda bosim bormi?
— Bu statistika haqida futbolchilarning xabari yo‘q edi. Har qanday seriya ham qachondir to‘xtaydi. Biz bunga ertaga nuqta qo‘yishga harakat qilamiz.

— Xitoylik jurnalist savoli. IgorSh Sergeev "Beyjing Goan" safida 6ta o‘yindan beri gol ura olmayapti. Uning hozirgi holatiga qanday baho berasiz?
— Afsuski, u Xitoy chempionatida hali o‘z o‘yinlarini topa olmayapti. "Beyjing Goan" murabbiyi hamisha ham uni o‘z pozitsiyasida o‘ynatmayapti. Ammo u terma jamoa uchun muhim futbolchi. U ertaga o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olishi kerak.

— Ertangi o‘yin oldidan sizni nima bezovta qilyapti?
— Ertaga ko‘p narsa biz o‘z o‘yinimizni qanchalik namoyish qilishimizga bog‘liq. Avvalgi bosqichdagi 7ta o‘yinda futbolchilarimiz o‘z o‘yinimizni namoyish qilishdi. Ertaga ham futbolchilar berilgan topshiriqlarni to‘liq bajarishsa, o‘ylaymanki, hammasi joyida bo‘ladi.

— Mirabror Usmonov bilarn uchrashuvda qanday fikrlar bildirildi?
— Mirabror Usmonov bilan uchrashuvda bildirilgan fikrlar futbolchilar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘FF prezidenti futbolchilarga omad tiladi. Rio-2016dagi sportchilarimizni namuna qilib ko‘rsatdi. Futbolchilarning bokschilarimizdan nimasi kamligi ta’kidlandi. Mirabror Zufarovichning biz uchun qadrli. Bu fikrlar futbolchilarni ruhlantira oladi.

— Terma jamoaning jismoniy holatidan tashqari ruhiy holati ham katta ahamiyatga egayu Bu borada terma jamoa bilan psixolog ish olib boryaptimi?
— Terma jamoada eng asosiy psixolog - bu bosh murabbiy. 80 foiz futbolchilarning mening qo‘lostimda shug‘ullangan. Ularni yaxshi bilaman. Avvalgi bosqichdagi o‘yinlar orqali ruhiyat borasida ham o‘sishga erishdi. Bizda yaxlit jamoa bor.
— Suriyaning kuchli tomonlari nimadan iborat?
Server Jeparov: — Raqibning hujum chizig‘i kuchli. Ular hujumni juda tez rivojlantiradi. Suriyani o‘rganyapmiz. Lekin ular bizdan kuchli emas. Ularni bemalol yutsak bo‘ladi.
— Bahs boshidan terma jamoa o‘z o‘yinini namoyish qilishni boshlaydimi yoki raqibning o‘yinidan kelib chiqib harakat qiladimi?
— Birinchi navbatda o‘z o‘yinimizni yo‘lga qo‘yib olishimiz muhim ahamiyatga ega. Lekin futbolda oldindan o‘ylangan narsalarni 100 foiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Vaziyatga qarab o‘yinimizni o‘zgartirishimiz mumkin.
— O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinlarida kuchli raqiblar bilan o‘ynamadi. Bu holat terma jamoamizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?
— O‘rtoqlik o‘yinlarida legionerlarimizdan foydalana olmayotganimizning o‘ziga xos yaxshi tomoni bor. Milliy chempionatimizda o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Raqiblar borasida fikringizga qo‘shilmayman. Kanada, Iroq va Burkina-Faso terma jamoalari bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi. Ushbu raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil qilib bergani uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman.

— Fursatdan foydalanib, muxlislardan milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Futbolchilarimiz 1 sentyabrSh Mustaqillik kuniga sovg‘a tayyorlash uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar