Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Samvel Babayan: "Mustaqilligimizning 25 yilligi kunida xalqimizga g‘alaba tortiq etishni istaymiz"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
Samvel Babayan: "Mustaqilligimizning 25 yilligi kunida xalqimizga g‘alaba tortiq etishni istaymiz"

O‘zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga anjumanda Server Jeparov hamrohlik qildi.

“Ertaga Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazamiz. Bu ajoyib stadionda o‘ynashimizdan xursandman. Raqibga kelsak ajoyib jamoa, ayniqsa hujum chizig‘i ancha kuchli. Kuni kecha oxirgi bo‘lib Ahmedov va Denisov terma jamoa ixtiyoriga etib keldi. Nihoyat jamoa to‘liq tarkibda. Ertaga eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz, deb umid qilaman”.

“Bu bosqichni O‘zbekiston g‘alaba bilan boshlamaganmi? Menimcha bu statistikani futbolchilar bilmasa ham kerak. Bu narsani o‘ylaganimiz ham yo‘q, bosim ham yo‘q. Undan tashqari, har qanday seriya bir kun nihoyasiga etadi”.

“IgorSh ancha vaqtdan buyon gol urmayapti. Chunki Xitoyda u har doim ham o‘z pozitsiyasida o‘ynamayapti. Uning mahoratiga shubha qilmaymiz va u ertangi o‘yinga tayyor”.

“Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov Rossiya chempionati so‘nggi turida o‘yin o‘tkazzib kelishdi. Ular shifokorlar nazoratida. Umid qilamanki, ertaga maydonga tusha olishadi va jamoaga yordam beradi”.

“Federatsiya prezidenti bilan uchrashuv jamoa uchun juda muhim bo‘ldi. Janob Usmonov O‘zbekiston boks terma jamoasining olimpiyadadagi natijalarini misol keltirib, futbol terma jamoamiz ham shunday yutuqlarga erisha olishiga umid bildirdilar va biz bayramni davom ettirishga urinamiz”.

“Jamoada bosh ruhshunos bosh murabbiy bo‘lishi kerak. Terma jamoadagi hozirgi yigitlarning deyarli barchasi bilan oldin ham birga ishlaganman. Shu bois ularning holatlarini juda yaxshi his qilib turaman. Yigitlar bir oila bo‘lib ketishganiga shubha yo‘q”.

“Ertaga Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlayotgan kunda xalqimizga g‘alaba tortiq etishni istaymiz. Barcha barcha bizni qo‘llab turishini istardim”, deya bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlarini yakunladi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar