Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Ayman al-Hakim: «Bu bosqichda har bir ochko katta ahamiyatga ega»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118
Ayman al-Hakim: «Bu bosqichda har bir ochko katta ahamiyatga ega»

O‘zbekiston - Suriya o‘rtasidagi o‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ayman al-Hakim ishtirok etdi.

— Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. O‘zbekiston guruhning kuchli raqiblaridan biri. Ertangi o‘yin biz uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Ertaga ijobiy natija uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Boisi, bu bosqichdagi har bir ochko katta ahamiyatga ega.
Abdulrazzoq Husayn, Suriya terma jamoasi sardori:
— Ertaga katta o‘yin va qiyin sinov kutib turibdi. Mamlakatda yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Bu bizning yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga halal bera olmaydi. Ijobiy natija uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

— Avvalgi bosqich yakunlanganiga bir necha oy vaqt o‘tdi. Shu vaqt ichida terma jamoada nimalar o‘zgardi?
— So‘nggi 5 oyni nazarda tutilayotgan bo‘lsak, jamoa o‘zagi o‘zgarishsiz qolgan. Faqat bir-ikki nafar yangi futbolchilar safimizga qo‘shildi. Yangi bosqich yaqinlashmoqda. Bu bosqichda yangi kuch va yangi g‘ayrat bilan o‘ynashimiz kerak. Bu muhim.
— Avvalgi saralash bosqichidagi Singapurga qarshi uchrashuv terma jamoaning eng yaxshi o‘yini edimi?
— Kamboja, Afg‘oniston, Singapurga qarshi o‘yinlarda bizning qanday tayyorgarlikni o‘taganimizni bilish muhim. Bu o‘yinlarga qiyin sharoitlarda tayyorlangandik. Hozirgi bosqichda esa vaziyat nisbatan yaxshiroq bo‘ldi.

— Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida hisob ochilmadi. Himoyachilarning harakatlaridan qoniqish hosil qildingizmi? Ertaga ham ularni maydonga tushirishingiz mumkinmi?
— Biz Tojikiston terma jamoasini hurmat qilamiz, ammo bu jamoani O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Eron bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Tojikistonga qarshi o‘yinda yangi futbolchilar va yangi taktikani sinovdan o‘tkazdik. Biz har bir o‘yinga alohida tarkib, alohida taktika tanlaymiz. Tojikistonga qarshi kelajakda kuchli jamoalar bilan o‘ynashimizni nazarda tutgan holda o‘ynaganimizni aytib o‘tishimiz mumkin.

— Tojikistonga qarshi o‘yinda himoyaviy o‘yin modelini sinovdan o‘tkazdingizmi yoki avvalgi bosqichdagi o‘yiningizni davom ettirdingizmi?
— Bu faqatgina o‘rtoqlik uchrashuvi edi. O‘rtoqlik o‘yini va rasmiy o‘yini o‘rtasida katta farq bor edi. Tojikistonga qarshi o‘yindagi natija bizni qiziqtirmasdi. Bu o‘yinda biz yangi taktika va yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik.
— Ertangi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi favorit hisoblanadi. Bu narsa Suriya uchun foydami yoki zarar?
— Futbolda nazariy jihatdan favorit va autsayder degan tushunchalar bor. Ammo barcha narsa maydonda hal bo‘ladi. Futbolda hech qachon natijani oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Kichik xato barcha narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin.

— Uy uchrashuvlari nima uchun Makaoda o‘tkaziladi? Bu Suriya terma jamoasining tanlovimi?
— So‘nggi 3 oy davomida uy uchrashuvlarini o‘tkkazish uchun qiyinchiliklarga duch keldik. Juda ko‘p mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazdik, ammo ularning hech biri taklifimizga rozi bo‘lmadi. O‘n kun oldin Makao futbol federatsiyasi bizga taklif bilan chiqdi va barcha masala hal qilingandi. Biroq kecha Makao futbol assotsiatsiyasi bizga mezbonlik qila olmasligini bildirib, xat yo‘lladi. Uy o‘yinlarini qaysi mamlakatda o‘tkazishimiz hamon noma’lum bo‘lib turibdi.

— Suriyalik futbolchilarning kuchliroq milliy chempionatlardagi klublarda o‘ynab ketishiga nima xalal bermoqda.
— Abdulrazzoq Husayn: Balki Suriyadagi notinch vaziyat sabab bo‘lishi mumkin. Evropada o‘ynagan suriyalik futbolchilar bo‘lgan. Hozir ham BAA va Saudiya Arabistoni chempionatlarida o‘ynashmoqda. Suriyaliklar ko‘proq arab tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarni o‘ynash qulayroq. Undan tashqari ular mamlakatga yaqinroq bo‘lib, o‘z oilalaridan xabardor bo‘lib turishni istashadi.
— O‘zbekiston terma jamoasining qaysi futbolchilarini ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz:
Abdulrazzoq Husayn: — O‘zbekiston terma jamoasi bir yoki ikki yulduzdan iborat emas. Raqibimiz jamoa sifatida kuchli. Ertaga bu jamoaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.

— Guruhda favorit jamoa sifatida qaysi terma jamoalarni aytgan bo‘lardingiz?
— Guruhdagi har bir jamoada JChga chiqish uchun imkoniyat bor. Dastlabki 2ta tur o‘yinlari o‘tkazilganidan keyin qandaydir fikrlar bildirishimiz mumkin. Hozircha esa fikr bildirishga erta.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar