Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Yoshlarga e’tibor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Yoshlarga e’tibor

Hech bir narsa mamlakatni Sportchalik dunyoga tanitolmaydi deya takidlagan edilar muxtaram yurtboshimiz, darhaqiqat bugungi kunda yurtimizda bolalar sportiga juda katta etibor qaratilayapti xususan hozrda har bir oliy liga jamoalari qoshida sportning barcha soxalari bo‘yicha bir qancha imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratib berilgan.

Jumladan Mash’al PFK qoshida 2013-yil barpo etilgan «Abdukarim Yulbarisov» nomli yoshlar sport majmuasi faoliyatini boshlagan, biz ushbu majmua raxbari Farxod Toshev bilan majmuada bugungi kundagi sharoit va qulayliklar hamda shu vaqtga qadar qo‘lga kiritilgan yuto‘qlar to‘grisida qisqacha suxbat uyushtirdik.

-Farxod aka avvalo keling bugungi kunda ushbu Yoshlar sport majmuasida hozrda qanday qulayliklar yulga quyilgan shu haqda boshlasak suhbatimizni ?

-Bu majmuamiz 2013-yildan o‘z faoliyatini boshlagan va hozrga qadar ikkita tur bo‘yicha biri kurash va ikkinchsi boks yunalishida faoliyat olib boramiz. Kurash bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanaman boks bilan esa Muxammadiev Davlat bevosita yoshlarni shug‘ullantirib boradi. Bundan tashqari majmuamizda nafaqat yoshlar balki turli kasb egalari havskor yoshlar ham bush vaqtlarini bizning majmuada mazmunli utkazadilar. 2013-yil vaqt mobaynida hozrga qadar bir qancha Tuman Viloyat Chempionlarini etishtirdik aynan 2013-yil Hindiston mamlakatining Dehli shaxrida bo‘lib o‘tgan
6-yoshlar jaxon chempionatida shogirdimiz Saidmurodov Shaxzod 66 kg vazin bo‘yicha Jaxon Chempioni bo‘lib qaytdi. Bu yigitimiz hukumatimiz tomnidan munosib taqdirlandi hozrga vaqtda Sh. Saidmurodov harbiy xizmatda o‘z fazifasini o‘tamoqda. Bundan tashqari kattalar o‘rtasida Frantsiya davlating Bordo shaxrida halqaro musoboqada Musurmonov Saloxiddin 90 kg vazin toifasida Oltin Medalni qo‘lga kiritib qaytdi. Bulardan tashqari 30 dan ortiq shogirlarimiz Respublika Olimpiya zaxiralari Kollejida ayni vaqtga kelib tahsil olmoqdalar. Bazi bir shogirdlarimiz esa tahsil olgan yunalishlari bo‘yicha murabbiylik faoliyatlarini xam boshlashgan va hozrgi kunda «DZYuDO» kurashi bo‘yicha Arslonov Zafarjon 81 kg vazin toifasida Respublika terma jamoasi vakili hisoblanadi.

-Farxod aka bugungi vaqtda Mash’al PFK qoshida ayollar sportiga ham ko‘pgina qulay sharoitlar qilib berilgan sizning majmuangizda qizlar va ayollar uchun qanday to‘garaklar ochilgan?

-Aytib o‘tganizday majmuamizda barcha sharoitlar bor ammo qiz bollarimiz tez ulg‘ayishadi shuning uchun bo‘lsa kerak. Ota Onalar katta bo‘lgan qizlarini keyinchalik mashg‘ulotlarga qatnshiga qarshilik qiladilar natijada qizlarimiz katta bo‘lganidan keyin sport dan butunlay yiroq bo‘lishmoqda ammo biz to‘garaklarimiz faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaymiz xoxlagan vaqtda qizlarimiz mashg‘ulotlarga qatnashishlari mumkin.

-Tumanimizda kelajakda qanday turnir yoki halqaro musoboqalar o‘tkazish rejangizda bor?

-Albatda bunday rejamiz bor, hozrgi kunda ko‘pgina homiylarimiz aynan shunday turnirni o‘tkazish maqsadida takliflar bilan chiqishmoqda. Ayni vaqtda joriy yilning oktyabrSh oyida Tuman Hokimligining tashabbusi va hamkorligida Tumanimizning mashxur va marxum polvonlari xotirasiga bag‘ishlab kurash bo‘yicha Respublika ochiq xotira turniri tashkil etishga yaqin turibmiz, ushbu turnirga mamlakatimiz polvonlaridan tashqari Rossiya, Qozog‘iston ,Turkmaniston, Tojikiston, Armaniston kabi qator mamlakatlar kurash polvonlarini taklif etganmiz xudo xoxlasa xotira turnirimiz halqimiz yodida ancha vaqt muxirlanib qoladi.

-Farxod aka yaqinda Halqimiz yurtimiznig 25 yillik Mustaqillik to‘yini keng nishonlaydi qolaversa Muborak Qurbon Hayiti yaqinlashmoqda ushbu tantanalar oldidan halqimizga tilaklaringiz?

Avvalo anashu ikki qutlug‘ ayyom bilan halqimizni chin yurakdan qizg‘in tabriklayman tilaklarim shuki jannatmakon yurtimiz va halqimiz hechqachon yomon kunni ko‘rmasin. Halqimiz shunday kunlarni ko‘rish uchun Ota Bobolarimiz qancha zahmat chekishdi. Bugun esa Muxtaram Yurtboshimizning sayi harakatlari bilan biz quyoshli o‘lkada eng baxtli insonlar bo‘lib yuribmiz Yurtboshimiz iloxim omon bo‘lsinlar. Mustaqillik bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin aziz yurtdoshlar.

«Yulbarisov» nomidagi yoshlar sport majmuasidagi yoshlar bilan mashg‘ulot jarayonidan etiboringizga foto lavxalarini taqdim etamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar