Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Namanganda ayollar salomatlik majmuasi foydalanishga topshirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 36
Namanganda ayollar salomatlik majmuasi foydalanishga topshirildi

Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Namangan shahrida “Ayollar kompleksi” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida qurib bitkazilgan majmuaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash va faolligini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
“Do‘stlik” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan majmuada xotin-qizlarning ruhan tetik va jismonan sog‘lom bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan servis xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Majmuaning to‘rt qavatli muhtasham binosi va o‘ziga xos mikroiqlim hosil qilingan hovlisida fitnes, sheyping, sauna, basseyn, fitobar, fizioterapiya xonalari, zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan sport zali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu erda xotin-qizlar malakali mutaxassislar ko‘magida salomatligini tiklashi, profilaktik muolaja olishi va “Go‘zallik saloni”, kosmetologiya xonalaridan keng foydalanishi mumkin. Shuningdek, turli jismoniy mashq va muolajalardan so‘ng dam olish xonalari tashkil qilingan. Oshxona, to‘y liboslari xonasi ham ishlab turibdi. Istiqbolda bu erda maxsus buyurtmalar asosida kiyim-kechak tikishga ixtisoslashgan modalar atelShesini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.
– Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani kelajak yo‘lidagi ezgu maqsadlar ifodasidir, – deydi muassasaning trener-instruktori Gulnoza Eralieva. – Zero, ayollar salomatligi va go‘zalligi jamiyat ko‘rki bo‘lishi bilan birga, sog‘lom va barkamol avlodning, ijtimoiy faollikning bosh omili hamdir. Majmuada xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini nazariy va amaliy targ‘ib qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Sport-sog‘lomlashtirish majmuasining foydalanishga topshirilishi bilan 35 yangi ish o‘rni yaratildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar