Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

JCh–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi prevShyusi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 102
JCh–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi prevShyusi

1 sentyabrSh kuni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralashning uchinchi bosqichiga start beriladi. Ana shu munosabat bilan OFK rasmiy sayti JCh–2018 turniriga saralashning 3-bosqichi “A” guruhi prevShyusini taqdim qildi.

“A” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir qatorda Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya termalari joy olgan.

O‘zbekiston – Suriya

O‘zbekiston terma jamoasi saralashning ikkinchi bosqichida safarda Shimoliy Koreyadan 2:4 hisobida engilganidan so‘ng Mirjalol Qosimov iste’foga chiqib, uning o‘rnini Samvel Babayan egalladi. Babayanning qo‘li ostida O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga ettita o‘yinda g‘alaba qozonib, “H” guruhini 1-o‘rin bilan yakunladi.

Suriya terma jamoasining uchinchi saralash bosqichiga chiqishi kichik sensatsiyaga aylandi. Ikkinchi saralash bosqichida Afg‘oniston, Kamboja va Singapurni har ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchratgan Suriya “E” guruhida faqatgina Yaponiya to‘sig‘idan o‘ta olmadi va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Suriya terma jamoasi birinchi marta Jahon chempionatiga saralashning final bosqichida ishtirok etadi.

Eron – Qatar

Ikkinchi saralash bosqiching birinchi yarmini ishonchsiz boshlagan Eron terma jamoasi ikkita durang qayd etib, o‘zi uchun biroz ajablanarli natija qayd etdi. Ammo ikkinchi yarmida eronliklar ketma-ket to‘rtta g‘alabaga erishib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol kiritgan bo‘lsa, o‘z darvozalaridan atigi bitta to‘p olib chiqdi. Eron terma jamoasi “D” guruhida 2-o‘rinda borayotgan Ummon termasidan 6 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilib, uchinchi saralash bosqichiga chiqdi. 1978-yili Argentina o‘tkazilgan Jahon chempionatida debyut qilgan Eron terma jamoasi keyinchalik 1998-yili Frantsiyada, 2006-yili Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundialda ham ishtirok etgan.

Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichini MalShdivga qarshi o‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida kiritilgan gol evaziga erishilgan g‘alaba bilan boshladi. JCh–2022 mezboni hisoblangan Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari yakunlanishiga ikki tur qolganida “S” guruhida 1-o‘rinni naqd qilib, Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib saralashning final bosqichiga yo‘l olgandi.

Janubiy Koreya – Xitoy

Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlarda g‘alabaga erishib, 24 ta gol kiritgan va biror marta ham o‘z davrozasidan gol olib chiqmagan holda “G” guruhidan 100 foizlik natija bilan saralashnirng final bosqichiga yo‘l oldi. Janubiy Koreya termasi 1954-yili Shveytsariyadagi Jahon chempionatida debyut qilgan. 1986-yili Meksikodagi Jahon chempionatidan boshlab Janubiy Koreya termasi barcha mundiallarda ishtirok etib kelmoqda. 2002-yilda Yaponiya bilan birgalikda JChga mezbonlik qilgan Janubiy Koreya musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan.

Ikkinchi saralash bosqichining so‘nggi turida KXDR, Iordaniya va Ummon terma jamoalarining o‘z guruhida mag‘lubiyatga uchrashi Xitoy terma jamoasining 2-o‘rinni olgan eng yaxshi to‘rtta jamoalaridan biri bo‘lishiga zamin yaratdi. Xitoy terma jamoasining o‘ntadan faqat bitta saralash bosqichidagi ishtiroki omadsiz yakunlangan. 2002-yilda esa Xitoy JChda o‘z debyutini o‘tkazib, guruh bosqichida Kosta-Rika, Braziliya va Turkiyaga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabrSh kuni saralashning uchinchi bosqichi dastlabki o‘yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabrSh kuni esa safarda Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar