Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Avstraliya terma jamoasi Paralimpiya o‘yinlarida qo‘shimcha 9 ta litsenziyaga ega bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 169
Avstraliya terma jamoasi Paralimpiya o‘yinlarida qo‘shimcha 9 ta litsenziyaga ega bo‘ldi

Rossiya terma jamoasining Rio-de-Janeyro shahrida 7–18 sentyabrSh kunlari bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlaridan chetlashtirilishi natijasida avstraliyalik paralimpiyachilar qo‘shimcha 9 ta litsenziyaga ega bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) rasmiy sayti ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Qo‘shimcha litsenziyalarni golbol bo‘yicha Avstraliya ayollar terma jamoasi, tennischi va ikki nafar engil atletikachi qo‘lga kiritdi.

Avvalroq rossiyalik paralimpiyachilarning 22 ta litsenziyasi AQSh terma jamoasiga berilgani ma’lum bo‘lgandi.

23 avgust kuni Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya paralimpiya termasiga 7–18 sentyabrSh kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining rossiyaliklarga nisbatan qo‘llagan qaroriga apellyatsiyasini qoniqtirmagan edi.

26 avgust kuni Rossiya paralimpiya qo‘mitasi (RPQ) prezidenti Vladimir Lukin Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS)ning rossiyalik sportchilarni Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlaridan chetlashtirish qaroriga Shveytsariya federal sudiga apellyatsiya bergani haqidaxabar qilingandi.

Avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi 35 nafar rossiyalik imkoniyati cheklangan sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatishga qaror qabul qilib bo‘lgandi. Bunga asosiy sabab sifatida Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren tomonidan sportdagi doping haqida taqdim qilingan hisoboti ko‘rsatilmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar