Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo‘nab ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 304
O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo‘nab ketdi

30 avgust kuni erta tongda O‘zbekiston milliy termasi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaga jo‘nab ketdi. «Toshkent» xalqaro aeroportida paralimpiyachilarni kuzatishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonning 32 paralimpiyachisi sportning besh turi — dzyudo, engil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting bo‘yicha medallar uchun kurash olib boradi. Delegatsiya a’zolarining eng katta qismi — 12 nafari engil atletika (nayza otish, yadro uloqtirish va yugurish) bo‘yicha ishtirok etadi.

Terma jamoa tarkibidan taniqli atletlar bilan bir qatorda juda yosh, sportda ilk bor katta musobaqalarda ishtirok etayotganlar bor.

«Barcha jamoaning kayfiyati ajoyib darajada, — dedi yadro uloqtirish bo‘yicha 2014 yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni Mavlon Haydarov. — Barchamiz eng yaxshi natijalarni namoyon etish va imkon qadar ko‘proq medallarni qo‘lga kiritishga tayyormiz. Olimpiyachilarimizning Braziliyadagi g‘alabalari ishtiyoqimizni ko‘tarishga yordam berdi».

Poytaxt aeroportida paralimpiyachilarni kuzatish uchun ko‘plab rasmiy shaxslar: bosh vazir o‘rinbosari Majit Karimov, Milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyan, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sportchilarning qarindosh va yaqinlari tashrif buyurdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar