Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Rossiya yo‘lidagi tutunlar Yoxud Samvel Babayanga ochiq xat!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
Rossiya yo‘lidagi tutunlar Yoxud Samvel Babayanga ochiq xat!

Yaqinda rosa asabiylashdim. Nega deysizmi? Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun naq Afrikaning naq bir chekkasidagi Burkina-Faso degan terma jamoasini tanladi. “Qoyil-e, — dedim o‘zimga o‘zim, — boshqa jamoalar qurib qolibdimi?” Men qatori ko‘pchilik Burkina-Faso termasini pisand etmaganligi tayin. Biroq “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin amin bo‘ldimki...


ROSSIYa YO‘LIDAGI TUTUNLAR
Shunga amin bo‘ldimki, terma jamoamizni Rossiyadagi mundialga olib boruvchi yo‘l tutun ostida qolganga o‘xshamoqda. O‘n qadam narini ko‘ra olmayotganga o‘xshaymiz. Nega deysizmi? Buning bir qancha sabablari bor. Oldindan ogohlantirib qo‘yay, agar “Bunyodkor” stadionida Suriya termasini tor-mor etsak, faxrlanaman, chin dildan quvonaman, chunki terma jamoamizning ashaddiy muxlisiman. Shu bilan birga xotirjam ham bo‘la olmayman, sababi terma jamoamizning ashaddiy muxlisiman. Aslida, Suriya bizning maqsadimiz yo‘lida chivindek to‘siq, xolos. Yo‘limizda dahshatli-dahshatli ajdaholar bor.


BIRINChI TUTUN — JANUBIY KOREYa
Janubiy Koreya terma jamoasini eslaganimda tepa sochim tikka bo‘ladi. Ayniqsa, g‘alaba qozonish uchun biz o‘zbeklar hech qachon qo‘l urmaydigan usullarni qo‘llashga ham tayyor bo‘lgan, Eron terma jamoasi ustozi bilan o‘ziga xos spektal qo‘ygan la’nati bosh murabbiyni bir nimalar qilib qo‘ygim keladi. Axir futbol erkaklar o‘yini-ku, to‘g‘rimi? Ammo Samvel Babayan mavjud futbolchilardan foydalanib, shunday taktika tuzishi kerakki, koreyaliklar uchun sichqonning ini ming tanga bo‘lib qolsin. Buning uchun futbolchilarimiz Janubiy Koreya deganda uyg‘onadigan tasavvurni Yaman deganda uyg‘onadigan tasavvur bilan almashtirishlari kerak. Chunki ishoning, hozir Janubiy Koreya biz uchun Yamandek gap, hatto undan ham kuchsiz. Ha, janob Babayan, ishonavering, agar siz taktika va tarkibni to‘g‘ri tanlay olsangiz, qalbingizga emas, aqlingizga quloq tutsangiz, Janubiy Koreya termasini pashshadek ezg‘ilab ketamiz. Axir Rossiyani titratib yurgan Odil va Vitaliydek, Osiyo futbolining kelajagi bo‘lmish Sardordek futbolchisi bor terma jamoaning Janubiy Koreyadek termachaga yutqazishi filning sichqonga mag‘lub bo‘lishi bilan teng-ku, to‘g‘ri! Keling, janob Babayan, shu koreyslarga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ying, shunda juda savobli ish qilgan bo‘lasiz.


IKKINChI TUTUN — ERON
Karlos Keyrushning basharasi ham koreyslar ustoziniki kabi xunuk taassurot qoldirgan bizda. Biz ishonamiz, bu safar ham Eron bosh murabbiysi nimadir o‘ylab topishga intiladi. Lekin Eronni mag‘lub etish ham qiyin emas. Bu terma jamoa bizning termamiz oldida ja Yaman emas-u, Gonkongdek bor. Biz bu terma jamoalarni erga urmoqchi emasmiz, aksincha, o‘zbek futboliga munosib baho bermoqchimiz, xolos. Keling, janob Babayan, sizga bir sirni aytay, eronliklarni engish uchun eronliklardek o‘ynash kerak, ya’ni juda tezkor harakat qilish lozim. Oldinga va orqaga. Yana bir gap, to‘pni qanotdan olib borib, keyin maydon markaziga uzataverishga asoslangan kiyilgan kavush kabi eskirib ketgan taktikadan voz keching! Tashvishlanmang, eronliklar ham odam. Siz qanotlarga va markazga tezkor, hujumga aniq harakat qiluvchi va tezkor qaror chiqaruvchi, himoyaga esa tartibli harakat qiluvchi futbolchilarni joylashtiring. O‘shanda ko‘ramiz eronliklar nima qila olisharkin? Sizda variantlar ko‘p, faqat ulardan qanday foydalanishni bilsangiz, olam guliston.
UChINChI TUTUN — O‘ZIMIZ
Ha, janob Babayan, ajablanmang, uchinchi tutun o‘zimiz hisoblanamiz. Ya’ni terma jamoadagi o‘zaro muammolarni hal qilish ham ko‘p narsaga imkon yaratadi. Janob Babayan, hali siz jiddiy raqiblarga duch kelmadingiz? Xafa bo‘lmang-u, shuning uchun hozircha sizga yuqori baho berolmaymiz. Ammo bir narsani aniq bilamiz, siz terma jamoaga shunchaki baqirib vaqt o‘tkazish uchun kelmagansiz, siz g‘ururli odamsiz, “Samvel Babayan degani kelib, hech narsaga erisholmadi, O‘zbekiston terma jamoasi yana sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldi”, degan isnodni ko‘tara olmaymiz, to‘g‘rimi? Unda oddiy jihatlarga ham e’tibor bering, biror-bir o‘zgartirish qilishdan oldin yaxshilab o‘ylang. Darvoza chizig‘i sergak va sovuqqon, vaziyatni oldindan o‘qiy oladigan posbonni joylashtiring (Lobanov shu talablarga javob berishi yoki bermasligini o‘ylab ko‘ring, agar javob beradi, deb o‘ylasangiz va bu ishonchingiz o‘zini oqlasa, mayli, aks holda...). O‘ylashimcha, himoya va yarim himoyada muammolar yo‘q. Hujum chizig‘i esa alohida muammo. Shaxsan men zakonniy hujumchini ko‘rmayapman, janob Babayan. Sizdan iltimos, xurmacha qiliqlari bilan asablarimizga o‘ynamaydigan, aniq va kuchli zarba yo‘llay oladigan, kutilmagan qarorlari bilan raqiblarni shoshirib qo‘yadigan hujumchi toping (Sergeev shunday talablarga javob bera oladimi, degan savolni esa alohida o‘ylab ko‘ring). Xullas, janob Babayan, biz sizga ishonamiz, aniqrog‘i, butun O‘zbekiston xalqi sizga ishonadi. Terma jamoaning jilovi qo‘lingizda ekanligi bejiz emasligini isbotlang. Ishoning, agar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionligi uchun kurash olib boradigan termalar joylashgan guruhlardan birida “O‘zbekiston terma jamoasi” degan jumla yozilsa, o‘zbek futboli sizni hech qachon unutmaydi. Agar aksi bo‘lsa, aks holda... Keling, bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik. Xullas, hech qachon ortga chekinmang, Samvel Babayan!
Ilhom

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar