Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi bo‘lishga munosibmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59
Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi bo‘lishga munosibmi?

Payshanba oqshomida Chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi bilan birga yana bir e’tiborga molik voqea sodir bo‘ldi. Ya’ni Evropaning eng kuchli futbolchisi aniqlandi. Bu mukofot kutilganidek Ronalduga nasib etdi. Aslida, mazkur sovringa uch nafar futbolchi nomzodlik qilgandi. Bular Antuan Grizmann, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu. Shu o‘rinda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantirmoqda: ushbu mukofotning Ronalduga berilishi to‘g‘rimidi?

GARET BEYL — TERMADA YaXShI, LEKIN...

Ko‘pchilik «Ronaldudan ko‘ra Beyl olgani ma’qul, u anchagina ter to‘kdi», degan fikrlarni ilgari surdi. Bu fikrda ham jon bor edi, albatta. Chunki «Real»ning Evropa chempionlar ligasi g‘olibi

bo‘lishida Beyl Ronaldudan kam hissa qo‘shgani yo‘q. Qator gollar urdi, har doim faolligi bilan ajralib turdi. Qolaversa, Evropa chempionatida ham Uelsning yaqqol etakchisi ekanligini isbotladi. Aynan u kiritgan gollar Uels terma jamoasining yarim finalgacha etib kelishiga katta hissa qo‘shdi. Ammo terma jamoa yarim finalda aynan Ronaldu to‘p suradigan Portugaliya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Garet Beyl ayni damda Ronaldudan kuchliroq, tezkorroq, shu jihatdan, u Evropaning eng yaxshi futbolchisi nomini olishi kerak bo‘lgandir, ammo bir jihat Garetga xalal beradi, bu — yutuqlar. Uning raqobatchisi bo‘lmish Krishtianu Evropa chempioni

degan nomni qo‘lga kiritib bo‘ldi.

TURNIR TO‘PURARIDA HAM IMKONIYaT BOR EDI, BIROQ...

Bu mavsumda yaqqol porlab chiqqan Antuan Grizmanning Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilishini ko‘pchilik istagan bo‘lishi tabiiy. Boisi, Grizmann «Atletiko» safida ham, Frantsiya termasi safida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, Evropa chempionatida 6 ta gol kiritib, yaqqol to‘purarga aylandi. Hatto agar u keyingi safar kamida uchta to‘p kiritsa, Evropa chempionatlari to‘purarligi borasidagi rekordni takrorlagan bo‘ladi. Bunday natijani qayd etish uchun esa Ronaldu bir necha marta Evropa chempionatida o‘ynadi. Grizmannga esa ikkita Evropa chempionati etarli bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Grizmann klub va jamoada etakchi bo‘lishni

uddaladi. Frantsiyadek tajribali futbolchilari bor termada etakchiga aylanish oson ish emas, albatta. Biroq Grizmanning Ronalduga eta olmasligiga bir jihat xalal beradi, u ikkita finalda ham aynan Ronalduning jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Bu ham etmagandek, kerakli vaziyatlarda penaltidan foydalana olmadi. Eng yomoni esa ikkita finaldagi alamli mag‘lubiyatdir.

Bundan tashqari, Grizmann Frantsiya termasi a’zosi, frantsuzlar esa musobaqa favoriti hisoblanardi. Bu termada Portugaliya va Uelsdagiga qaraganda ijrochilar ko‘p, jamoa anchagina narsaga qodir edi. Ko‘pchilik «Agar Beyl Frantsiya termasida o‘ynaganida, u ham Grizmanndek to‘purar bo‘la olardi», degan fikrni ilgari surmoqda. Ehtimol, chindan ham shundaydir. Boisi,

Uelsda ijrochilar, Beylni to‘p bilan ta’minlay oladiganlar kam edi. Portugaliya ham shunday. Aksariyat yosh futbolchilardan tuzilgan terma jamoada Ronaldu yaqqol etakchi hisoblanardi va bor mas’uliyat uning zimmasiga tushgandi. Ayni shu omillar Antuanning Evropaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilishiga xalal berdi.

KRIShTIANU NEGA MUNOSIB EDI?

Buning asosiy sababi, Ronalduning yutuqlari. Krishtinu «Real» bilan Chempionlar ligasi va Evropa chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. EChL finalida «Atletiko»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin arafasida jiddiy jarohati bo‘lsa-da, davolanishga harakat qildi va buni uddalab, finalda klubiga yordam bera oldi. Evropa chempionatida esa ikkita goli bilan Portugaliyani turnirda olib qoldi. Ha, agar Ronalduning gollari bo‘lmaganida Vengriya termasi portugallarni musobaqalar muddatidan avval chiqarib yuborardi. Garchi finalda jarohat olib, maydonni ancha erta tark etgan bo‘lsa-da, Ronaldu g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Final kuni portugaliyalik futbolchilar bosh murabbiyning emas, murabbiyga aylangan Ronalduning ko‘rsatmalariga ko‘proq amal qilishgan bo‘lsa, ne ajab! Ayniqsa, Krishtianuning o‘sha kungi harakatlari, hissiyotlari

uzoq vaqt jahon OAV e’tiboridan tushmay keldi. Xullas, Ronaldu Evropaning eng kuchli futbolchisi nomiga haqli ravishda munosib deb topildi.

Ilhom

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar