Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida Rio-2016 qaxramonlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yaqindagina Rio-de-Janeyroda yakuniga etgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida har jihatdan o‘zini ko‘rsatib Vatanimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitgan sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomidan pul mukofotlari, Milliy Olimpiya qo‘mitasi nomidan Malibu avtomobillari tantanali vaziyatda topshirildi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Habaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan imzolangan qarorga muvofiq Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilar 200 000, kumush medal sohiblariga 100 000 va nihoyat bronza medalini qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz 75 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan edi. Bugun ana shu mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Shuningdek Olimpiya o‘yinlarining barcha, 13 ta g‘olib va sovrindorlariga bir xilda Chevrolet Malibu avtomobillari taqdim etildi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Tadbirda dastlab so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o‘rinbosari Adxam Ikramov sportchilarimiz Braziliya arenalarida yuksak natijalarga erishib, O‘zbekistonlik yoshlar hech kimdan kam emasliklarini amalda isbotlashganini, mamlakatimiz delegatsiyasi birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 13ta medalni qo‘lga kiritib, 207 da davlat orasida 21-o‘rinni band etganini va buning zamirida to‘rt yillik ulkan mehnat yotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida butun Respublikamiz bo‘ylab sportni rivojlantirish, yangi yangi zamonaviy sport inshootlari va bazalarining bunyod etilishi, sportchilarga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Davlatimiz rahbarining bunday g‘amho‘rligiga javoban sportchilarimiz ham Olimpiya o‘yinlaridan medallar shodasi bilan qaytishdi. Rio arenalarida to‘rt marotaba bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi. Agar bu safargi Olimpiya o‘yinlarini er yuzida uch milliarddan ziyodroq inson tomosha qilganligini hisobga olsak, sportchilarimiz Mustaqil diyorimizni butun dunyoga tanitishda beqiyos xissa qo‘shishganligiga guvoh bo‘lamiz.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Ayniqsa boks bo‘yicha terma jamoamiz Olimpiya o‘yinlarida Kuba, Rossiya, Qozog‘iston, AQSh kabi davlatlarni ortda qoldirib birinchi o‘rinni egallashi, eng engil vaznda oltin medalga sazovor bo‘lgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatovning Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etilishi, 10 ta vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschilarimizdan ettitasi sovrinli o‘rinlarni egallashi, ularning besh nafari esa final janglarida ringga chiqishi butun dunyoni xayratga soldi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Shuningdek Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinovning chempionlikka erishib oltin medalga sazovor bo‘lishi va Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilashi nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Ruslan Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilagan birinchi o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixga kirdi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Bugungi tantanali marosimda so‘zga chiqqan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari - Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziev, Rustam To‘laganov va Ruslan Nuriddinovlar ham yaratib berilgan sharoitlar uchun yurtboshimizga minnatdorchilik izhor etib, o‘z g‘alabalarini Mustaqilligimizning 25 yillik shodiyonasiga bag‘ishlarini aytib o‘tishdi. Tadbir davomida shuningdek sport sohasida o‘zini namoyon etgan bir guruh vatandoshlarimizga “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni topshirildi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari va Malibu avtomobillari topshirildi (To‘liq sharh)

Ana shu tariqa Olimpiya harakatining to‘rt yillik tsikli yakuniga etdi va uning xotimasi - Riodagi Olimpiya o‘yinlari o‘zbek sporti tarihiga oltin xarflar bilan bitiladigan bo‘ldi. Oldinda bizni Osiyo o‘yinlari va 2020-yilda Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiada kutmoqda. Ishonamizki yurtimiz sportchilari kelgusi musobaqalarda bundanda yuksakroq natijalarga erishib, hur va ozod diyorimiz dovrug‘ini yanada mashhurroq qilishadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar