Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 426
"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

Bugun, 29 avgust, soat 10.00 da poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida Olimpiada harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq g‘olib va sovrindor sportchilarimizga biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or xodimlardan bir guruhini «O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari A.Ikromov tadbirni ochar ekan, bundan to‘rt yil avval Prezidentimiz tashabbusi bilan murakkab va har tomonlama mukammal ishlab chiqilgan qaror bo‘yicha amaliy ishlar olib borilganligi, ne mashaqqatlar bilan qo‘lga kiritilgan litsenziyalardan so‘ng muzaffar sportchilarimiz to‘rt yillikning muhim sport anjumanida shunchaki ishtirok etmaganligi, sovrinli o‘rinlar uchun bor kuch-g‘ayratini sarflab, yakunda xalqimizning ezgu niyatlarini amalga oshirganligiga urg‘u berdilar. – Rioda o‘zim sportchilar birga bo‘ldim, ular bilan birga yashab, ulardagi musobaqaga, olishuvga, raqibini engib, Vatan oldidagi burchini bajarishga qanchalik ishtiyoq va shijoat bilan intilganligiga guvoh bo‘ldim. Musobaqa startining birinchi kunidayoq Diyorbek O‘rozboev dastlabki medalni hadya etdi, Rishod Sobirov uchinchi Olimpiadasida uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. Abdulla Tangriev beshinchi Olimpiadasida ishtirok etayotganligiga qaramay, hamon kuch-g‘ayratini ayamadi, to‘rt yillik mehnatlari evaziga yomon natija ko‘rsatmadi. Eng muhimi, Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimiga sanoqli uch-to‘rt soat qolgan bir paytda sportchilarimiz birin-ketin oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishib xazinamizni boyitishdi. Bu bilan pahlavon, mard, jasur polvonlarimiz Prezidentimiz aytganlaridek, 25 yil ichida kim edigu, kim bo‘ldik, degan savolga munosib javob berishdi, o‘zbek o‘g‘il-qizi nimalarga qodir ekanligini isbotlashdi. Braziliya Olimpiadasi ortda qoldi, tarixga kirdi. Endi oldimizda Tokio Olimpiadasi. Tayyorgarlik bugundan boshlandi. Zero, to‘rt yildan keyingi Olimpiadadagi medallarimiz qimmati va soni yanada ortishiga shubhamiz yo‘q, - dedi A.Ikromov.

...Quyidagi sportchilar biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan "Malibu” avtomashinalari bilan taqdirlandilar:

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

Oltin medalSh sohiblari - har biri 200 000 AQSh dollari bilan:

Ruslan Nurudinov– og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Hasanboy Do‘smatov– boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Shahobidin Zoirov– boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Fazliddin G‘oibnazarov – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Kumush medalSh sovrindorlari - har biri 100 000 AQSh dollari bilan:

Shahram G‘iyosov – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Bektemir Meliqo‘ziev – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Bronza medali sovrindorlari - har biri 75 000 AQSh dollari bilan:

Murodjon Ahmadaliev – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Rustam To‘laganov – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Rishod Sobirov – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Diyorbek O‘rozboev – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Elmurat Tasmuradov– yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Ixtiyor Navro‘zov – erkin kurash bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Magomed Ibragimov – erkin kurash bo‘yicha terma jamoa a’zosi.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

...So‘ng Madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov vazirlik tizimidagi bir guruh sportchilar, murabbiylar va mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan "O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonlarini tantanali ravishda topshirdi.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Avvalo barchangizni hammamiz uchun eng aziz bo‘lgan Mustaqilligimizning 25 yilligi bilan samimiy qutlayman. Biz yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va bizlarga berilgan yuksak ishonch uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz. Nasib qilsa, to‘rt yildan keyin Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ham chempionligimizni saqlab qolish, medallarimiz sonini va sifatini yanada ko‘paytirish uchun borimizni berishga tayyormiz, - deydi Rio Olimpiadasi oltin medali sohibi Hasanboy Do‘smatov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Mamlakatimizda biz yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlardan oqilona foydalanganimiz uchun ham Rioda o‘zbek farzandi nimalarga qodir ekanligini isbotlay oldik. Muhtaram Prezidentimizga bergan va’dalarimizni bajardik, uning ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz. Keyingi Olimpiadalarda ham medallarimizni ko‘paytirishga yana va’da beramiz, - deydi Olimpiada o‘yinlari kumush medalSh sohibi Bektemir Meliqo‘ziev.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Rio O‘zbekistondan qanchalik uzoq bo‘lmasin, okean va dengizlar ortida bo‘lmasin, ringda, jang paytida ham xalqimizning, ota-onamizning, Muhtaram Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlab turganligini, bizlarga dalda berayotganligini his qildik. Qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, medallarimizning bari shu xalqimizniki, Prezidentimizniki. Bundan keyingi yirik musobaqalarda ham, Olimpiada o‘yinlarida ham xalqimiz, Yurtboshimiz ishonchini oqlashga, davlatimiz bayrog‘ini baland-balandda xilpirashiga, madhiyamizni shohsupada turib baralla ijro etishga yanada ko‘proq harakat qilaveramiz, - deydi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sovrindori Rustam To‘laganov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Rioda erishgan yutuqlarimiz - Vatan oldidagi burchimiz edi. Kamtarona mehnatlarimizni yuqori baholab, davlat mukofotlariga loyiq ko‘rishgani uchun barcha-barchaga minnatdorlik bildiraman. Bizga shunday natijalarga erishishimizda shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berganligi uchun avvalo Yurtboshimizga, qolaversa, mutasaddi tashkilotlarimizga mingdan-ming rahmatlar aytaman. Bundan keyin ham el sha’ni, yurt dovrug‘i uchun kurashishga va’da beraman. Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, - deydi Olimpiada o‘yinlari oltin medali sohibi Ruslan Nurudinov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Rio Olimpiadasi tugadi, to‘rt yillik mashaqqatli mehnatlarimiz mahsuli sifatida arzigudek natijalarga erishdik. O‘zbek o‘g‘il-qizi nimalarga qodir ekanligini dunyoga ko‘rsata oldik. Bunga osonlikcha erishmadik. Yurtboshimizning yoshlarga e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirgani tufayligina biz hech kimdan kam emasligimizni isbotladik. Bugungi g‘olib sportchilarimizga havas qilgan yoshlarimiz soni ko‘payishiga, kelajakda ulardan ham kuchli, jasoratli va Vatanimizning sport sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarimiz etishib chiqishiga shubhamiz yo‘q, - deydi boks bo‘yicha terma jamoa murabbiyi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rahmatillo Ro‘zioxunov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- Xizmat yuzasidan qaerga borsak barining, hatto etmish, saksondan oshgan onaxonlar-u otaxonlarning og‘zida bir mavzu – Olimpiada va unda sportchilarimiz erishgan olamshumul g‘alabalar. Bundan faxrlanyapmiz, g‘ururlanyapmiz. Tunni tun demay hamyurtlarimizning kurashlarini, olishuvlarini, janglarini kuzatib bordik. Ularga tasannolar aytdik. Kelajakda sizlar kabi chempion bo‘lishni orzu va maqsad qiladiganlar, sport to‘garaklarga boruvchi fapzandloarimiz soni ko‘paya boshladi. Sizlar qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlar Mustaqilligimizning 25 yillik to‘yiga zo‘r to‘yona bo‘ldi. Sizlarga ko‘z tegmasin, - deydi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

- O‘tmishda kim edigu, bugun kim bo‘lib etishganimizni, nimalarga qodir ekanligimizni sportchilarimiz dunyo ommasiga isbotlab berishdi. Mustaqilligimizning dastlabki yilida, hali bizning kelajagimizga shubha bilan qarayotganlar ko‘pchilikni tashkil etayotgan bir paytda yoshlar siyosatiga qaratilgan qarorlar qabul qilindi, navbati bilan sportimizni rivojlantirish borasida qonun chiqdi, Prezidentimiz tashabbuslari bilan yana ko‘plab qarorlar, farmoyishlar qabul qilindiki, bularning natijasida nafaqat markazlarda, balki chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualari barpo etildi, suzish, gimnastika, sport o‘yinlari bilan shug‘ullanadiganlar soni ko‘paydi. Buning hosili sifatida xalqaro maydonlardagi yutuqlarimiz salmog‘i oshdi, dunyo biz bilan hisob-kitob qila boshladi. Prezidentimiz Surxondaryoda mehnat faollari bilan uchrashgan chog‘ida "Biz endi oddiy odam emasmiz...” dedilar, sportchilarimiz buni Rioda isbotlab berdilar, bizning joyimiz qaerda ekanligini dunyoga ko‘rsatib qo‘ydilar. O‘zim va barcha san’atkorlar nomidan Hasanboy, Ruslan, Fazliddin, Shahobiddin va barcha sportchilarimizga mingdan-ming rahmatlar, tashakkurlar aytaman, - deydi O‘zbekiston xalq artisti Mirzabek Azizov.

"Malibu" olgan sportchilar qanday fikrda?

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar