Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Muhtaram Yurtboshimizdan bayram tuhfasi: Andrey Miklyaev va Timur Kapadze taqdirlanishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Muhtaram Yurtboshimizdan bayram tuhfasi: Andrey Miklyaev va Timur Kapadze taqdirlanishdi

Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Joylarda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga atab katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Bugun mana shunday tadbirlardan biri "O‘zbekiston temir yo‘llari" aktsionerlik jamiyati boshqarma binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bir necha nafar temiryo‘lchilar qatori "Lokomotiv" professional futbol klubining ikki vakili ham taqdirlandi. "Lokomotiv" futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyaev hamda jamoamiz sardori, tajribali yarim himoyachi Timur Kapadze muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan "O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, ushbu nishon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil, 1 iyuldagi farmoniga muvofiq ta’sis etilgan.

Ushbu nishon bilan yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik-totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarimizni vatanparvar, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohasi vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

Esdalik nishonni "Lokomotiv" PFK vakillariga "O‘zbekiston temir yo‘llari" aktsionerlik jamiyati boshqaruv raisi Achilbay Jumaniyazovich Ramatov topshirdi. Shu o‘rinda "Lokomotiv" PFK bosh murabbiyi Andrey GennadShevich Miklyaev hamda jamoamiz sardori Timur Tohirovich Kapadzeni ushbu esdalik nishoni bilan tabriklaymiz. Yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar