Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi (Olimpiyachilarimiz haqida)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73
Yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi (Olimpiyachilarimiz haqida)

Er yuzidagi milliardlab insonlar qatori xalqimiz ham to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi — Olimpiya o‘yinlarini katta hayajon, cheksiz faxr va iftixor bilan kuzatib bordi.

Albatta, bunday yirik sport anjumanida ishtirok etish, unda ona Vatan sha’nini munosib himoya qilib sovrindor bo‘lish ham sportchi, ham mamlakat uchun g‘oyatda sharaflidir. Shu bois o‘zbekistonlik sportchilarning XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida erishgan olamshumul yutuqlarini xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi oldi. Bugun yurtimizning barcha hududida odamlar sportchilarimizning g‘alabasi, ko‘rsatgan matonati haqida faxr-iftixor bilan to‘lqinlanib so‘zlayapti. Bu xalqimizning birligidan, hamjihatligidan. Milliy g‘urur, Vatanga daxldorlik tuyg‘usi yuqoriligidan.

Yurtimiz vakillarining sport olamining eng nufuzli musobaqasida qayd etayotgan natijalari tasodif emas. Bu, avvalo, mamlakatimizda bolalar sportini professional sportga uyg‘un rivojlantirish, yosh avlodni har jihatdan barkamol ulg‘aytirish, ularning iqtidoru salohiyatini yuzaga chiqarish, xalqaro sport arenalarida Vatanimiz nomini yanada ulug‘lashga qodir sportchilar etib tarbiyalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Fazliddin, Hasanboy, Shahobiddindek abjir, Ruslandek pahlavon yigitlar mustabid tuzum davrida yo‘qmidi? Albatta, bor edi. Nega unda ular xuddi bugungidek maydonga otilib chiqmagan, shohsupaning eng yuqorisiga ko‘tarila olmagan? Chunki o‘sha davrda ularga xalqaro maydonda bellashish, chempion bo‘lish imkoniyati berilmagan. Juda ko‘p sportchilar xalqaro musobaqalarda qatnashish tugul, sobiq ittifoq terma jamoasiga kirish uchun adog‘i yo‘q to‘siqlarga duch kelar, turli sansalorliklarni boshidan o‘tkazardi. Xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun sobiq markazning “qovog‘i”ga qarab ish ko‘rishga majbur edik.
Bugun esa yoshlarimiz uchun xoh shaharda, xoh olis qishloqda bo‘lsin, sport bilan shug‘ullanish, o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyat etarli. Ularga bunday imkoniyatni istiqlol berdi. Sportchilarimiz bugun mustaqil O‘zbekiston nomidan qaysi sport turidan bo‘lmasin, eng nufuzli musobaqalarda qatnashyapti, chempion bo‘lyapti, yangi-yangi rekordlar o‘rnatyapti. Dunyo ahli o‘zbek sportchilariga hayrat va havas bilan boqmoqda.

Bunday natijalarga, albatta, o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Buning zamirida, eng avvalo, yurtimizda davlatimiz rahbarining sportga qaratayotgan yuksak e’tibori, g‘amxo‘rligi mujassam. Ayniqsa, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rib, kishining havasi keladi. Olimpiya o‘yinlarida zafar quchgan sportchilarimiz davlatimiz rahbari farmoyishi bilan katta miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlandi. 24 avgustda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq besh sportchiga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berildi. Bir guruh murabbiylar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoniga loyiq ko‘rildi. Olimpiada rekordchisi Ruslan Nurudinov hamda Olimpiadaning uch karra sovrindori Rishod Sobirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Olimpiadada sovrindor bo‘lgan yana besh sportchimiz O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi bo‘ldi. Ayting-chi, dunyoning yana qaysi davlatida sportchi uchun bunday darajada e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi? Menimcha, faqat bizning yurtimizda sportchilar ana shunday e’zozlanadi, qadrlanadi.
Yuksak unvon va ordenlar bilan mukofotlanganlar orasida men ham borligimdan qalbim cheksiz faxr va iftixorga to‘ldi. Davlatimiz rahbari kamtarona mehnatimizni yuqori baholab, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlagani hayotimdagi eng unutilmas va quvonchli kun bo‘lib qoladi. Bunday yuksak ishonchni oqlash uchun bor kuch va g‘ayratimizni ishga solamiz.
Sherzod Toshmatov,
O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari,
xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga O‘zMTDPdan
saylangan deputat,
“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar