Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Istiqlol farzandlari yurt sha’nini yuksaltirayotir (Olimpiyachilarimiz haqida)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
Istiqlol farzandlari yurt sha’nini yuksaltirayotir (Olimpiyachilarimiz haqida)

Sport — tinchlik, hamjihatlik elchisi. U odamlar qalbida vatanparvarlik hissini jo‘sh urdiradi, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalaydi. Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning jismonan va ma’nan etuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratildi.
Buning yuksak samaralari Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari erishgan ulkan natijalar misolida yaqqol o‘z isbotini topdi. O‘zbekiston sportchilari 13 medalSh jamg‘arib, jahonda 21-o‘rinni, Osiyoda to‘rtinchi, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni egalladi. Bunday ulkan natija yurtimiz hayotida muhim tarixiy voqeaga aylandi.
Bu g‘alaba nashidasi har bir vatandoshimizni to‘lqinlantirdi, qalbiga faxr-iftixor bag‘ishladi. Prezidentimizning “Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida sportchilarimizning qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangani quvonchimizga yanada quvonch ulashdi.

Istiqlol o‘g‘il-qizlarning yuksak parvozi uchun mustahkam qanot bo‘layotir. Rio Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizning aksariyati 20-25 yoshda. Ular mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga etgan, istiqlol in’om etgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar asosida ta’lim olib, sport bilan shug‘ullanib, ana shunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk ajdodlarimiz, kuragi erga tegmagan Pahlavon Mahmuddek polvonlarga munosib voris ekanliklarini, o‘zbek o‘g‘loniga xos mard, jasur va shijoatini yaqqol namoyon qildilar.

Ayniqsa, bokschilarimiz 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, Kuba, AЈSh, Buyuk Britaniya va Rossiya kabi boks rivojlangan davlat sportchilarini ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi.
Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi qayd etgan natijalar “kim edigu kim bo‘ldik”, degan savolga yorqin hayotiy javobdir. Haqiqatan ham istiqlol yillarida sportga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar sportchi yigit-qizlarimizning jahon maydonlarida bayrog‘imizni baland ko‘tarishiga, madhiyamizning baralla yangrashiga zamin bo‘layotir. An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni sportga keng jalb etish, professional sportchilarni tarbiyalashda alohida o‘rin tutmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan dunyo miqyosida kuzatilmagan mutlaqo yangi tizim — Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tuzilgani bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi bosqichga ko‘tarish va izchil davom ettirishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi jismonan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish, bolalar va yoshlarning keng ko‘lamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni uch bosqichli tizimdagi ommaviy sportga keng jalb etishni yanada rivojlantirishga, maktab o‘quvchilarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan. O‘zMTDP tashkilotlari va deputatlik birlashmalarimiz ushbu maqsad-vazifalardan kelib chiqqan holda sportni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etadi. O‘zbekiston sport olamida yangi sahifa ochgan olimpiadachilarimizning erishgan yutuq va natijalarini, sportning ahamiyatini, yurtimiz farzandlarining dunyoda hech kimdan kam emasligini yosh avlod o‘rtasida yanada keng targ‘ib-tashviq qiladi.
Sherzod Rahimov,
O‘zMTDP fraktsiyasi a’zosi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar