Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.08.2016

Kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy va Birinchi ligasi tashkil etiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
Kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy va Birinchi ligasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Playstation 4 FIFA16 videoo‘yini bo‘yicha UCG-FIFA Cup respublika ochiq turniri o‘tkaziladi. Musobaqa tashkilotchisi — Virtual Football kompaniyasining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, turnir O‘zbekiston futbol federatsiyasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi ko‘magida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda kiberfutbolni rivojlantirish va yosh futbol muxlislarining bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish, kiberfutbol bo‘yicha xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘ini yanada yuqori ko‘tarish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur musobaqada mamlakatning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan 18 yoshdan katta kibero‘yinchilar ishtirok etishi mumkin.

Reja bo‘yicha, hududiy saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan ishtirokchilar respublika Grand-finaliga yo‘l oladi. Grand finalda kuchli 16 talikka kirgan ishtirokchilar avtomatik tarzda kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi ishtirokchisiga, qolgan 16 ishtirokchi esa Birinchi Liga vakillariga aylanadi. Har ikkala liga bahslari 7—8 oy davom etishi kutilmoqda.

Virtual Football kompaniyasining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi hisoblangan klublar bilan shartnoma imzolash ishlari olib borilmoqda. Rejaga muvofiq, futbol bo‘yicha Oliy Liga klubi bilan shartnoma imzolagan kiberfutbolchi UCG-FIFA Cup musobaqalarida aynan shu klub sha’nini himoya qiladi.

Toshkent viloyatidagi ishtirokchilari uchun saralash bahslari 4 sentyabrSh kuni Toshkent shahrida, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun 10 sentyabrSh kuni Farg‘ona shahrida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun 14 sentyabrSh kuni Qarshi shahrida, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari uchun 18 sentyabrSh kuni Samarqand shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun 21 sentyabrSh kuni Urganch shahrida, Navoiy va Buxoro viloyatlari uchun 25 sentyabrSh kuni Buxoro shahrida, Toshkent shahri uchun 1 oktyabrSh kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada ishtirok etish niyatida bo‘lgan xohlovchilar www.ucff.uz sayti yoki (+998-71) 245-52-92, (+998-94) 606-73-33 telefon raqamlari orqali batafsil axborot olishi mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar