Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.08.2016

“Mash’al” nazorat uchrashuvida “Paxtakor”ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
“Mash’al” nazorat uchrashuvida “Paxtakor”ni mag‘lub etdi

“Mash’al” jamoamizning yuzaga kelgan qisqa tanaffus paytida ikkita nazorat bahsida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu bahslarning birinchisi kecha Qibraydagi “Paxtakor” jamoasing o‘quv mashg‘ulot bazasida “Sherlar”ga qarshi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning dastlabki daqiqalaridan ustunlikka erishgan “Mash’al”chilar birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikki marotaba mezbonlar darvozasini aniq nishonga olishdi.

Ushbu vaziyatda jamoamizning mavsumda omadi chopmayotgan hujumchisi Zoxir Qo‘ziboev raqiblar darvozasini aniq nishonga ola bildi. Maydon markazidan jamoamizning yana bir hujumchisi Kenja To‘raev Qo‘ziboevni ajoyib pas bilan ta’minladi va Zohir bu vaziyatda “Paxtakor” darvozasiga o‘yindagi o‘zining va “Mash’al” jamoasining dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan keyin ham Muboraklik futbolchilar o‘yinda xotirjamlikka berilmadi va bo‘lim oxirlarida chap qanotdan uyushtirilgan hujumda “Paxtakor” jamoasi himoyachilari xatolikka yo‘l quyishdi. Ushbu vaziyatda to‘pni esa yana Qo‘ziboev oldinroq harakat qilib ikkinchi golni kiritishga erishdi. Tanaffusga ikkita to‘p farqi bilan chiqqan “Gazchilar” ikkinchi bo‘limni tamomila yangicha ko‘rinishda boshlashdi.

Tarkibda Maradona Safarov, Xumoyun Murtazoev kabi bir qator yoshlar maydonga tushirildi. Ikkinchi bo‘lim oxirlariga kelib hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi va bu vaziyatda jamoamiz futbolchisi G‘ulom Haydar G‘ulomov Mardona Safarovning pasidan keyin hisobni yana bittaga oshirishdi. Shu tariqa “Paxtakor” jamoasiga qarshi kechgan birinchi nazorat bahsida ajoyib g‘alabaga erishdik.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar