Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.08.2016

“Nasaf” ketma-ket etti uchrashuvda g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
“Nasaf” ketma-ket etti uchrashuvda g‘alaba qozondi

“Nasaf” jamoasi milliy chempionatimizning ikkinchi davrasida beshta uchrashuv o‘tkazdi. O‘tgan uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozondi. Shuningdek jamoamiz O‘zbekiston Kubogi-2016 chorak finali javob uchrashuvida “Andijon” jamoasini 2:1 hisobida, yarim final dastlabki uchrashuvida “Buxoro” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Demak, jamoamiz keyingi etti uchrashuvda ham g‘alabasini nishonladi. Ikkinchi davradagi o‘tgan besh uchrashuvda futbolchilarimiz raqiblar darvozasini 12 marta ishg‘ol qilishdi va o‘z darvozalaridan 3ta to‘p olib chiqishdi. Albatta, bu orqali jamoamiz darvozabonlarining ham mehnatini ta’kidlab o‘tish joiz.

Jamoamiz birinchi davra mobaynida tarkib borasidagi muammolar tufayli kutilgan natijalarni qo‘lga kirita olmadi. Ikkinchi davra oldidan safimizga qo‘shib olingan yangi futbolchilarning barchasi esa o‘zlarini nimaga qodir ekanliklarini namoyish etishdi. Demak, jamoamiz selektsiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

E’tiborlisi, legioner futbolchilarimizdan IgorSh Golban, Dragan Cheran va Ognen Krasichlar nafaqat mazmunli o‘yin namoyish etishdi, balki o‘z hisoblariga gollar ham yozdirib qo‘yishdi. Safimizga qo‘shilgan katta tajribaga ega mahalliy futbolchilarimiz - Fozil Musaev va Shahboz Erkinovlar ham ikkinchi davrada qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizga munosib hissalarini qo‘shishmoqda. Ular ham raqiblarimiz darvozasini bir necha marta ishg‘ol qilishib, jamoamiz muxlislarini xursand qilishdi.

Jamoamizning barcha a’zolari bir yoqadan bosh chiqarishib, faqat ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida maydonga tushishmoqda. Bunga misol tariqasida birgina “Paxtakor” jamoasi qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan g‘alabani aytib o‘tish joiz. Jamoamiz bu g‘alaba bilan qora an’anaga barham berishga erishdi.

Amaldagi O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi - “Nasaf” jamoasi bu yilgi kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirmoqda. Bu tufayli jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

Kelajagi porloq futbolchilarimizdan Umidjon Ergashev, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov va Aziz G‘anievlar mamlakatimizning 19 yoshlilar terma jamoasi safiga muntazam jalb etilayaptilar. Shu tufayli ular ayrim uchrashuvlarda jamoamizga yordam bera olishmayapti. Sog‘liklarini tiklab yana maydonga qaytgan tajribali futbolchilarimizdan Maqsud Karimov va Odilbek Hamrobekovlar esa endi yana o‘zlarining mazmunli o‘yinlari bilan muxlislarimizni bahramand etadilar.

Xullas, Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamiz, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun hamjihatlik bilan ish olib borishmoqda. Bu bilan “Nasaf” jamoasi katta muvaffaqiyatlar sari odimlamoqda.

Quyida jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlar natijalari bilan tanishing.

16-tur. 03.08.2016.

“Sho‘rtan” – “Nasaf” 0:3

Gol: Bobir Abduxoliqov (25), Dragan Cheran (70), Ognen Krasich (87).

17-tur. 08.08.2016.

“Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

Gol: Azamat Allaniyozov (31), Islom Rashidxonov (58)

18-tur. 12.08.2016.

“Obod” – “Nasaf” 0:3

Gol: Farruh Sayfiev (12), Fozil Musaev (52), Dragan Cheran (66).

19-tur. 19.08.2016

“Nasaf” – “Paxtakor” 2:1

Gol: IgorSh Golban (47), Dragan Cheran (76)

20-tur. 26.08.2016.

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2

Gol: Shahboz Erkinov (44, 56)

O‘zbekiston Kubogi-2016. Chorak finali javob uchrashuvi. 29.07.2016.

“Nasaf” – “Andijon” 2:1

Gol: Islom Rashidxonov (61), IgorSh Golban (81).

O‘zbekiston Kubogi-2016. Yarim finali dastlabki uchrashuvi. 22.08.2016.

“Nasaf” – “Buxoro” 2:0

Gol: Fozil Musaev (16), IgorSh Golban (29).

Ikkinchi davradagi o‘tgan besh uchrashuvda gol urgan futbolchilarimiz:

Dragan Cheran – 3

Shahboz Erkinov – 2

Azamat Allaniyozov – 1

Bobir Abduxoliqov – 1

IgorSh Golban -1

Islom Rashidxonov – 1

Ognen Krasich – 1

Fozil Musaev – 1

Farruh Sayfiev -1

Kubok bahslarida

IgorSh Goban – 2

Fozil Musaev – 1

Islom Rashidxonov – 1.

Jamoamiz navbatdagi 21-tur uchrashuvini o‘z maydonida Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar