Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.08.2016

Asablar tinchlanganda... (G‘uzordagi trillerdan so‘ng)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60
Asablar tinchlanganda... (G‘uzordagi trillerdan so‘ng)

«Sho‘rtan» bilan o‘tgan «triller» asta-sekin unutila boshlandi. Oldinda bundanda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi - «topishmoq» jamoalar bilan! Istaymizmi, yo‘qmi baribir G‘uzordagi uchrashuv haqida biroz fikr bildirishni lozim topdim. O‘yinda kiritilgan gollar lavhalaridan ayonki, «Navbahor» yomon o‘yin ko‘rsatmagan. Faqatgina «Sho‘rtan» o‘tgan turdagi «Mash’al»ning mag‘lubiyati uchun «qasos» olgandek, go‘yo.

G‘uzorliklarning ikkinchi goli o‘tgan turdagi Qahramon Muhammadjonovning goliga o‘xshab ketdi. Parvanov vaziyatni kuzatdi, xolos. Artur - yaxshi darvozabon. Lekin u Oliy liga darajasiga mos kelmaydiganga o‘xshamoqda. Qirg‘iziston chempionati va O‘zbekiston Birinchiligining Oliy ligamizdagi saviyasi bilan o‘rtadagi tafovut barchaga ma’lum. Artur maydonga tushirilmasin desak, bir tarafda Korneychuk amaliyotsiz darvozani ishonchli qo‘riqlay olmasligini ko‘rdik. Xullas, jamoa tajribali va ishonchli posbonga muhtojligi ma’lum bo‘lib bormoqda.
Kechagi uchrashuvda hisob 2:2 bo‘lgach, futbolchilarimiz to‘pni maydon markazidan kiritishdi. O‘yin yakunlanishiga bir daqiqacha qolgandi. Aslida durang yaxshi natija edi. To‘p o‘yinga kiritilgach, qanotdagi futbolchimiz to‘pni to‘ppa-to‘g‘ri mezbonlarga etkazib berdi va yakunda «Sho‘rtan»ning hujumi gol bilan yakunlandi. To‘p o‘yinga kiritilganda, to‘pni orqaga qaytarib bir ochkolik hisobni saqlab qolish mumkin edi.

Endi futbolchilarimiz oldindagi o‘yin haqida o‘ylashlari lozim. «Olmaliq»qa qarshi o‘yin qiyin kechishi aniq. Ushbu uchrashuvdagi ishonchli g‘alabagina biroz muxlislarni yupantirishi mumkin, xolos. Shu bois, Ravshan Bozorov ham tarkibda kichik o‘zgartirish kiritishi lozim, fikrimizcha. Aleksin o‘rniga ilk daqiqalardan balki Nurievni tushirgan ma’qulmikin? Oldinda vaqt bor, hammasini o‘nglash mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar