Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.08.2016

“Andijon” o‘z uyida “Buxoro”ga mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
“Andijon” o‘z uyida “Buxoro”ga mag‘lub bo‘ldi

Oliy liganing navbatdagi turida jamoamiz o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qildi. Joriy mavsum o‘z tarkibini sezilarli tarzda kuchaytirishga erishgan buxoroliklar mahoratli futbolchilar evaziga yuqori saviyadagi o‘yinni shakllantirib olgani uchrashuv chog‘ida ko‘rinib turdi.

Jamshid Saidov shogirdlari Andijondan yirik hisobda g‘alaba bilan qaytishga erishdi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq mehmonlar “Andijon” darvozasi tomon ikki bor yo‘l topa oldi. Avvaliga Aziz Ibragimov jamoadoshi Shixovning pasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, so‘ngra Merzlyakovning chap qanotdan uzatgan to‘pini Vadim Chemirtan boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni 0:2 ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limni har ikki har ikki jamoa ham tarkibda o‘zgarishlar bilan boshlandi. Bu ko‘proq mehmonlarga qo‘l keldi. O‘yinning 64-daqiqasida Qutiboevning to‘p oshirishidan so‘ng Ibragimov o‘z dublini rasmiylashtirdi – 0:3.

Uchrashuv oxirlarida esa Dilshod Jo‘raev raqib jarima maydoni tashqarisidan turib, kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirdi – 1:3.

Shundan keyin ham buxoroliklarning hujumi pasaydimi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakuniga etishiga bir daqiqa qolganida Aziz Ibragimov xet-trik qayd etib, o‘yinda uzil-kesil hammasini hal qildi – 1:4.

Qolgan daqiqalarda boshqa gol kuzatilmadi va “Andijon” o‘z uyida shu tariqa “Buxoro”ga mag‘lub bo‘ldi.

Aytish kerakki, shu kuni “burgutlar”ning o‘yini sira qovushmadi. Aksiga olib mehmonlar bir-birini juda yaxshi tushunib xarakat qildi. Natijada uchrashuvda “Buxoro” yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Endi 9 sentyabrSh kuni jamoamiz Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi.

26.08.2016. Oliy liga 20-tur.

«Andijon» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro) 1:4 (0:2).

Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni 5152 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent) – 8,5. Timur Galeev (Toshkent) – 8,6. Akbar Po‘latov (Toshkent) – 8,6. Ravshan Kopadze (Farg‘ona) – 9.
Nazoratchi: Shamil Jumaev (Qarshi).
O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

Gollar: Aziz Ibragimov 6, – 0:1. Vadim Chemirtan 29, – 0:2. Aziz Ibragimov 63, – 0:3. Dilshod Jo‘raev 86, – 1:3. Aziz Ibragimov 89, – 1:4.

“Andijon”: 1.Akmal Tursunboev, 4.Azamat Isroilov (60.Azamat Bobojonov, 34), 6.Ibrohim Otaxonov, 8.Elman Tagaev (17.Temur VasilShev, 63), 18.Farhod Bekmurotov, 19.Denis Ilesku, 22.Ro‘zimboy Ahmedov, 29.Obid Jo‘raboev, 55.Dilshod Jo‘raev, 89.Bobur Akbarov, 90.Pavel Smolyachenko (88.Andrey Bugnyak, 46).
Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 10.Anvar Berdiev, 21.Javlon Guseynov, 26.Baxtiyor Qosimov.

“Buxoro”: 1.Muhiddin Xudoyorov, 7.Suhrob Ne’matov, 11.San’at Shixov (10.Shavkat Salomov, 63), 19.Jasur Hasanov (18.Bahodir Pardaev, 81 ), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Boburjon Omonov, 55.Shavkat Mullajonov, 61.Aziz Ibragimov, 70.Vadim Chemirtan (8.Salamat Qutiboev, 46), 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev.
Zaxira: 25.Shoxjahon Nasimov, 16.Artyom Filiposyan, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 93.Maksimilian Fomin.

Ogohlantirishlar: Bobur Akbarov 17, Ibrohim Otaxonov 42, Ruslan MelShzitdinov, 73.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar