Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.08.2016

Ronaldu. Sahovatpesha va o‘z orzusidagi kabi yashashni biladigan boy!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Ronaldu. Sahovatpesha va o‘z orzusidagi kabi yashashni biladigan boy!

Jahonning yirik stadionlarida qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatib, millionlab muxlislar orttirgan va to‘p surib, eng boy shaxslaridan biriga aylangan portugaliyalik futbol yulduzi hali yosh bo‘lishiga qaramay, juda yuqori marralarga erishdi va o‘zining ezgu amallari bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda.

Uning haykali tug‘ilib o‘sgan joyi – Madeyraga o‘rnatildi, faoliyatiga bag‘ishlangan ajoyib muzey ham ochildi. U Portugaliyaning iftixori, “Real Madrid”ning yuzi, Planetamizdagi millionlab futbol ishqibozlarining sevimli kumiri!

Eng muhimi, u “10 ta barmog‘ini og‘ziga tiqqan”lardan emas. Xayriya qilishni ham xush ko‘radi. Va buni piar uchun qilmaydi! Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasida ishtirok etgan futbolchi Evropa Chempionatida jamoaning g‘alabasi ortidan unga ajratilgan bonus -275 000 evroni o‘sma kasalligi bilan aziyat chekayotgan bolajonlarning davolanishini moliyalashtirish uchun xayriya qildi!

Ezgulikka tez fursatda “javob” ham qaytdi. “Real”ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasi tufayli Ronaldu hisobiga maxfiy ravishda yana bonus kelib tushdi. Uning miqdori 465 000 evroni tashkil etadi.

Krishtianu shuncha ishlab topganiga yarasha, o‘z orzusidagi kabi yashashni ham unutib qo‘yayotgani yo‘q. Evro-2016 nihoyasiga etgach, portugaliyalik boy futbolchi o‘zi uchun yangi superkar xarid qildi. Bugatti Veyron! Narxi – 1,7 million evro! Biroq, kuz oyida Bugatti Veyron o‘rnini Volkswagen kontsernining yangi superkari – Bugatti Chiron egallaydi. Oltin faslda Ronaldu balki bu avtomashina bilan ham bir qiziqib ko‘rsa, ajabmas!

Ana shunaqa gaplar!

Jasur HAMROEV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar