Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.08.2016

Zlatko Dalich: «Gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonsak xursand bo‘lardim»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Zlatko Dalich: «Gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonsak xursand bo‘lardim»

Bugun Osiyo chempionlar ligasining chorak final doirasida “Al-Ayn” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent bilan 20:30)da start oladi.

Kecha odatga ko‘ra har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, chempionlar ligasi matbuot anjumanlarida dastlab mehmonlar ishtirok etishardi. Ammo kecha uchrashuv komissari avval mezbon jamoa, keyin mehmonlar qatnashadi deya ma’lum qildi.

Natijada dastlab savollarga “Al-Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalich va jamoa etakchisi Omar Abdulrahmon javob qaytarishdi.

Z.Dalich: – Osiyo chempionlar ligasi biz uchun juda muhim turnir hisoblanadi. Bunda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Raqibimiz “Lokomotiv” milliy chempionatda birinchi o‘rinda ketyapti. Ularda kuchli jamoa shakllangan. Jamoani bu o‘yinga tayyorlash oson kechmadi. Avvvaliga futbolchilarim 20 kun BAA termasi ixtiyorida bo‘lishdi, faqat oxirgi o‘n kundagina biz to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkaza oldik.

– Birinchi o‘yindan qanday natija kutyapsiz?
– Gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonsak xursand bo‘lardim. Chunki bu bizga ustunlik beradi. Buning uchun futbolchilar bor kuch bilan harakat qilishlari, muxlislar esa tinmay qo‘llab turishlari kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki, o‘yin paytida muxlislar bizni yolg‘iz qoldirishmaydi.

– G‘alabaga qanchalik ishonasiz?
– Hamma qatori men ham jamoam zafar quchishini xohlayman. Transfer paytida braziliyalik Kayo bilan Amir Abdulrahmonni safimizga qo‘shib oldik. Ularning ikkalasi ham kuchli futbolchi va “Al-Ayn”ga yordam bera olishadi. Raqib tarkibida esa Server Jeparov bor va u juda kuchli futbolchi.

– O‘yin 19:30da boshlanadi. Ob-havoning issiqligi ta’sir qilishi mumkinmi?
– Biz ham, raqib ham bir xil ob-havo sharoitida to‘p tepamiz. Menimcha, buning ta’siri bo‘lmasa kerak. “Lokomotiv” avvalgi bosqichda “Al Hilol”ni ortda qoldirdi. Bu ham ularning kuchidan darak beradi. Muammo shundaki, “Lokomotiv” ketma-ket rasmiy o‘yinlarda maydonga tushyapti, bizda esa hali chempionat boshlangani yo‘q. Men ko‘proq shundan xavotirdaman.

O.Abdulrahmon: – Biz o‘yinga tayyormiz. Albatta, o‘n kunlik mashg‘ulot kam bo‘lishi mumkin, lekin shunga qaramay yutishga harakat qilamiz. Jamoa bosimga tayyor, biz bunga allaqachon o‘rganib qolganmiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar