Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Buxorodan chiqqan birinchi Olimpiada chempioni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 127
Buxorodan chiqqan birinchi Olimpiada chempioni

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan mamlakatlar erishadigan natijalarni bashorat qilgan xalqaro tusmolchi kompaniyalardan biri O‘zbekiston nari borsa bir-ikki bronza medalni qo‘lga kiritishi mumkinligini taxmin qilgandi. Ular adashdi, bundan keyin ham adashaversin.
Ushbu nufuzli musobaqada sportchilarimiz jami 13 medalni qo‘lga kiritdi – 4 oltin, 2 kumush, 7 bronza. Havas qiladigan natija!
Oltin mukofotlarning uchtasi bokschilarimizniki. Ularning bittasini 52 kilogramm vazn toifasidagi “charm qo‘lqop” ustasi Shahobiddin Zoirov yutib oldi.
...Chempionimiz Olimpiada musobaqalarini Irlandiya vakili Brendan Irvenni mag‘lubiyatga uchratishdan boshladi. Buyuk britancha uslubda kuchli zarbalarga tayanadigan evropalik mag‘lub etildi. Keyin AQSh vakili Antonio Vargasning medalga bo‘lgan umidi chippakka chiqdi. O‘shanda yarim final arafasida rossiyalik mutaxassislar xuddi oldindan sezganday, Misha Aloyan va uning ustozini ogoh etdi. Bu matbuotda e’lon qilindi:
“O‘zbek (Shahobiddin, demoqchi) tinimsiz zarba berishni juda yaxshi ko‘radi”.
Yarim finalda venesuelalik YoelSh Segundo FinolSh qanchalik tajovuzkorona o‘ynamasin, atigi dastlabki raundga dosh berdi, xolos. Ikki raund to‘liq o‘zbek bokschisi ustunligida o‘tdi.
Shahobiddin finalda. Uning raqibi rossiyalik ikki karra jahon chempioni, London Olimpiadasi bronza medali sovrindori Misha Aloyan bo‘ldi. Ringda raqibiga qarshi noqulay pozitsiyada turib, uni o‘ziga yaqinlashishga deyarli imkon bermaydigan bu yigit har qanday bokschini xavotirga solgan. Unga qarshi finalda hali bunday yirik turnirni ko‘rmagan, Osiyo chempionati sovrindori Shahobiddin ro‘baro‘ kelgani qulay bo‘ldi, deb o‘yladi raqib tomon. Buning ustiga bokschimizning qoshida jarohat borligi ham Mishaga ustunlik berishi mumkin edi.
– Engil vazndagi bokschilarni har xil atashadi. “O‘yinchi nokautchi”, “O‘yinchi – sur’atni oshirib boruvchi”. Shahobiddin keyingi toifadan. U o‘yin davomida hech qachon bir joyda turib qolmaydi, – deydi uning birinchi murabbiyi Istam Kabinov. – Doimo harakatda va o‘yin sur’atini muttasil oshirib boradi. Albatta, raqib imkoniyatlarini chamalab, o‘z taktikasini tanlaydi. Biroq, Shahobiddin tomonidan kutilmaganda shunday og‘riqli zarbalar yog‘iladiki... Bunday taktik va texnik mahorat yillar davomida shakllanadi, qiyomiga etadi.
– Men bu yigitni juda yaxshi bilaman, – deydi Kogon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Furqat Xayrullaev. – U hayotda kamtarin, tortinchoq. Lekin ringda umuman boshqacha. Tajovuzkor kurashni taklif etadi. Raqibining ochilishini kutadi va jazolay oladi. Shahobiddinning ringdagi harakatlari tushirilgan video tasmani musobaqadan so‘ng sekinlashtiruvchi lavhalarda kuzatib, bunga amin bo‘lasiz. Tezkor jangda raqib hamlalaridan o‘zini qanday himoya qilgani, raqib mudofaasini qay tariqa yorib, ikki qo‘lda baravar zarba yo‘llaganidan hayratga tushasiz. Boshqa raqiblaridan ancha noqulay bo‘lgan Misha Aloyanga qarshi shunday yo‘l tutdi. Bu yo‘l uni shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tardi.
O‘yin oxirida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida rossiyalik bokschi o‘zining g‘alaba qozonishiga ishongani, lekin natija boshqacha bo‘lib chiqqanini ta’kidlab, oxirigacha kurash olib boradigan Shahobiddinga tan bergan holda, uni astoydil tabrikladi. Va “Men mag‘lubiyat uchun hech kimni ayblamayman, balki sababni o‘zimdan izlayman”, dedi.
Final kechasi Zoirovlar xonadoniga odam sig‘may qoldi. Hovli o‘rtasida o‘rnatilgan katta monitorda bokschimizning Aloyan bilan uchrashuvini tomosha qilish uchun uning yaqinlari, viloyat faollari, mutaxassislar jam bo‘ldi. Viloyat hokimi M.Esonov chempionning ota-onasini ushbu yuksak g‘alaba bilan qutladi.
Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani Shahobiddin singari iste’dodlarni kashf etishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Darvoqe, chempion 1993 yili o‘ziga xos boks an’analariga ega Kogon shahrida tug‘ilgan. Jahon kubogi sohibi va ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Narimon Otaev ushbu maktab vakilidir. Binobarin, Shahobiddin chempionlik muhitida kamol topdi. Hududdagi zamonaviy talablar asosida qurilgan “Yoshlik” sport majmuasida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida Istam Kabinov rahbarligida shug‘ullandi. So‘ngra Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida saboq oldi. Yoshlar, ko‘p o‘tmay kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatlarida g‘olib bo‘ldi, terma jamoa murabbiylari e’tiboriga tushdi.
– Shahobimni Olimpiada oldidan Toshkentga kuzatar ekanman, o‘zimni tutib turolmadim. “Onajon, ko‘z yoshingizni ko‘rsam, ko‘nglim buziladi, kayfiyatingiz menga o‘tadi. Otam va siz tabassum bilan kuzatib, duo qilsangiz, men albatta, g‘alaba qilaman", dedi o‘g‘lim, – eslaydi Rohila opa. – Bugun ertalab Braziliyadan telefon qildi. Oqladim, onajon, sizlarning, Prezidentimizning ishonchini oqladim. G‘alabam sharafiga butun dunyo O‘zbekistonimiz madhiyasini tingladi. Shunday yurtning farzandi ekanimdan faxrlanaman. Yig‘lamang, ona, yig‘lamang, – deydi bolaginam o‘ktam ovozda.
– O‘pkam to‘lib ketdi. Xursandligimdan yig‘layapman. Axir meni dunyodagi eng baxtli onalar safiga qo‘shding. Bunday paytda onaizoring quvonadi-da, bolam, bu quvonch yoshlari, – dedim arang.
– Yoshligimda Kogon shahridagi “Lokomotiv” klubida boks bilan shug‘ullanganman, – deydi chempionning otasi Shokir Qodirov. – Lekin bunday musobaqalarda ishtirok etishni orzu ham qilmaganmiz. Armon bo‘lgan, armon. Faqat mustaqillikkina bizning armonlarimizni farzandlarimiz timsolida ro‘yobga chiqarmoqda. Uchrashuvni kuzatar ekanman, o‘g‘limga ishonsam-da, yuragim hapriqib ketdi. Qandaydir xavotir bor-da, otaman axir. Qarasam, manejda unga muxlislik qilayotgan sportchilarimizda ham, uyimizda to‘planganlarda ham shu holat. G‘olibni e’lon qilishganda, beixtiyor ko‘zlarim yoshlandi. Yarim final jangidan buyon men umrimda tanimagan qancha odamlar uyimizni topib kelib, omad tiladi. Bugungi tong qutlovlardan boshlandi. Uyimizga viloyatning turli tumanlaridan kelayotgan mehmonlarning keti uzilmaydi. “Shahobiddin bizning ham farzandimiz, butun o‘zbekistonliklar uchun aziz”, deyishadi ular.
Kogon shahrida ham ko‘cha ko‘p. Shu kunlarda ularning bari sizni shaharning bir ko‘chasiga – Baxtga boshlaydi. Shahobiddin yashaydigan ko‘chaning nomi bu. Endi Shahobiddin faqat Baxt ko‘chasining yo Buxoroning emas, butun O‘zbektistonning baxtiyor farzandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi matnida “Olamni mahliyo aylagan diyor” degan so‘zlar bor. Ha, mustaqilligining chorak asrini nishonlash arafasida yurtimiz dunyoni o‘ziga yana bir bor mahliyo qildi. Bunga uning sportchilari sabab. Ular orasida Shahobiddin ham bor...

Erkin Yodgorov, O‘zA

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar