Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Olimpiada qahramonlariga atalgan she’r

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182
Olimpiada qahramonlariga atalgan she’r

RIODA O‘TGAN OLIMPIADA O‘YINLARI G‘OLIBLARI,
SOVRINDORLARI ULARNING USTOZLARIGA VA BARChA IShTIROKChILARGA EHTIROM BILAN BAG‘ShLADIM.

VATAN

Shavkatingni ShOHSUPAGA olib chiqqan,
Pahlavonlar saflarini yorib chiqqan,
"Zo‘rlar ichra zo‘r bo‘lay!" deb g‘olib chiqqan
O‘g‘lonlaring madh etmasam bo‘lmas VATAN!

Yurt g‘ururi yuksak bo‘lsa tilagida
Sher xaybati uyg‘onadi yuragida
Sening sha’ning ko‘targanda ko‘kragida.
Fazlidinday yig‘lamasam bo‘lmas VATAN!

Mardi- maydon o‘g‘lonlaring safin qara!
Matonatga bo‘yin egdi oliy marra,
Ruslan kabi er titratib, tortib na’ra
Bayrog‘ingga bo‘ylamasam bo‘lmas VATAN!

Mirzo Bobur qaytdi bugun Andijonga,
Zafar tug‘in taqdim etib har bir jonga,
Dunyo xavas qilganida Xasanjonga
Madhiyangni kuylamasam bo‘lmas VATAN!

Bekobodning bek o‘g‘loni, botir ukam,
Har zarbasi g‘alabaga qodir ukam,
“Shahobiddin!” deganlarda to‘lib o‘pkam,
O‘zligimni o‘ylamasam bo‘lmas VATAN!

Bilagida bobolarim xaybati bor,
Turishida Temuriylar shiddati bor.
Oltingga teng kumushidan olib mador.
Shahramjonday sakramasam bo‘lmas VATAN!

"Farg‘onalik!" deganimda ko‘ksim to‘lib,
Nasib qilsa nabiramga ismin qo‘yib.
Faxrlansam, she’rlar yozib to‘yib-to‘yib,
Bektemirday yayramasam bo‘lmas VATAN!

Rustam, Rishod, Diyorbeklar diyorisan!
Elmurodning ko‘ksidagi tumorisan!
Muxammadu, Murodjonning iqbolisan!
Ixtiyordek ishonchlari so‘nmas VATAN!

Barchinlar ham yigitlardan o‘tar xali,
Oltin , kumush medallarni yutar xali,
Oksananing matonati - bu yurt sha’ni!
Cuving ichgan qizlar qirqda o‘lmas VATAN!

Boshimizni baland qildi bu kun mardlar,
Yuraklardan chiqdi asriy alam, dardlar,
Shodliklarga ulanganda shukru, hamdlar.
Bayramlaring to‘yonasiz bo‘lmas VATAN!

Bayrog‘imiz belanchakka yopib qo‘yay,
Beshigimga nishonimiz taqib qo‘yay,
Qulog‘ingga bir niyatim aytib qo‘yay
“Endi qalbda orzularim so‘nmas VATAN,
Chempionsiz xonadonlar bo‘lmas VATAN!”

Muallif: Muazzam Ibrohimova

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar