Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

21-asr 21-avgust 21-o‘rin!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 82
21-asr 21-avgust 21-o‘rin!

Rio-de-Janeyro shahrida 5 avgust kuni boshlangan 31-olimpiada o‘yinlari mahalliy vaqt bilan 21 avgust oqshomida (Toshkent vaqti bilan 22 avgust kuni erta tongda) yakunlandi.

Tadbir Rio-de-Janeyro “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 11 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi. Olimpiadada sportning 28ta turi bo‘yicha 306ta sovrinlar majmuasi qo‘lga kiritildi. Bu gal 27ta jahon va 91 ta olimpiada rekordi o‘rnatildi. 2016 yilgi olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun 39,1 milliard real, ya’ni 9,75 milliard dollar sarflandi. Olimpiada o‘yinlari 32 sport inshoatlarida o‘tkazildi. Bu inshoatlarning katta qismi olimpiada uchun maxsus qurilgan bo‘lsa, kichik qismi ta’mirdan chiqarildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Braziliya prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turgan Mishel Temer bundan avvval, ish vaqti tig‘izligini bahona qilib, olipiadaning yopilish tadbirlarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi. Biroq mahalliy matbuotda olimpiada ochilish marosimida u nutq so‘zlayotgan vaqtda tomoshabinlar xushtak chalib, xalaqit bergani unga yoqmagani aytilmoqda.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax XXXI Olimpiada o‘yinlari yakunlanganini e’lon qildi. U 2016 yilgi O‘yinlar tashkilotchilarnga minnadorchilik bildirdi. “AnShanaga binoan O‘yinlar yakunlanganini e’lon qilaman”, dedi Tomas Bax. U braziliyalikarga murojjat qilar ekan, mehmondo‘stliklari uchun o‘z tashakkurini bildirdi. “Braziliyaliklar sizga rahmat. Murakkab vaziyatlarga qaramay Siz, fahrlanishga arzigulik qadriyatlaringizni namoyon etdingiz. Olimpiada o‘yinlari birdamlik ramziga aylandi. Biz Braziliyaga mehmon bo‘lib keldik, ammo do‘st bo‘lib uyga qaytayapmiz. Siz hamisha yuragimizda qolasiz” dedi Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi prezidenti.

Rio-2016 olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mita raisi Artur Nuzman Olimpiada hamisha Braziliya xalqining, erkagu ayolining, yoshu qarisining yuragida qolajagini ta’kidladi va “hamma braziliyaliklar – olimpiada qahramonlaridir” dedi.

Olimpiada ma’shalisi Braziliyalik xonanda ijrosidagi qo‘shiq jarayonida so‘ndirildi. Ayni shu daqiqalargina biroz qayg‘uli bo‘ldi. Shundan keyin braziliyaliklar g‘amginlika yo‘l qo‘yishmadi. Olimpiada ochilish marosmida bo‘lgani kabi yopilishi ham tomoshabinlarda katta tasssurot qoldirdi. Tadbir ommaviy ijro etilgan samba raqsi bilan yakunlandi. “Marakana” stadioni ma’lum vaqt ulkan raqs maydonchasiga aylandi. Raqs roppa rosa 20 daqiqa davom etdi.

Rio-de-Janeyro meri Eduardo Paes olimpiada bayrog‘ini 2020 yilgi olipiada o‘yinlariga mezbonlik qiladigan Tokio gubernatori Yuriko Koikega topshirdi. Shundan so‘ng Yuriko Koike Tokio taqdimotini o‘tkazdi. Yaponiya delegatsiyasi to‘rt yildan keyin nimalar bo‘lishi yuzasidan namoyish qilgan taqdimot tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 32-yozgi olimpiada o‘yinlari a’lo darajada bo‘lishi uchun xukumat qo‘ldan kelgan hamma ishlarni qilishi borasida va’da berdi. U Rio-de- Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan olipiada o‘yinlarida ishtirok etgan yaponiyalik sportchilar bilan uchrashar ekan, “Tokiodagi o‘yinlar jaxondagi insonlarning yuragidan o‘rin olishiga ishonishi”ni bildirdi. Abe olimpida o‘yinlarida ishtirok etgan yapon sportchilariga o‘zining minnadorchiligini izhor qildi. Rio-de-Janeyroda Yaponiya bosh vaziri Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashdi. Ular yana to‘rt yildan keyin Yaponiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan olimpiadani tashkillashtirish va dopingga qarshi kurash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Olimpiada o‘yinlarini yaxshi tashkillashtirgani uchun Braziliyaga minnadorchilik bildirdi. U 7 sentyabrSh kuni boshlanadigan Paralimpiya o‘yinlarini intiqlik bilan kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Rio-de-Janeyro olimpida o‘yinlarida 206 ta mamlakat va BMT nomidan muhojirlarning bitta delegatsiyasi –jami 207ta komanda ishtirok etgan bo‘lsa, atigi 87ta mamlakat sportchilarigina medallarni qo‘lga kiritdi. Oltin medallar esa atigi 59ta mamlakat vakillariga nasib qildi. Iordaniya, Kosovo, Puerto-Riko va Fiji tarixda birinchi bor Olimpiada o‘yinlarining medalini qo‘lga kiritdi.

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olipiada o‘yinlarida birinchi o‘rin AQShga nasib qildi. “Okean orti” sportchilari 121 medalni qo‘lga kiritdi. Medallarning 46tasi oltindir. Ikkinchi o‘rin 67ta medal sohibiga aylangan Buyuk Britaniyaga nasib qilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Xitoy egalladi. “Osmon osti mamlakati” sportchilari 70ta medalni qo‘lga kiritdi. To‘rtinchi o‘rin esa 56ta medalga ega bo‘lgan Rossiyaga munosib
ko‘rildi.

Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida O‘zbekiston sportchilari olimpiadaning kuchli 25taligiga kirdi. Hisobida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza bo‘lgan O‘zbekiston Rio-2016 olimpiadasida 21-o‘rinni egalladi. Bu Yozgi Olimpiada O‘yinlarida Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston Qozog‘iston, Shveytsariya, Daniya, Shvetsiya, Ukraina, BelShgiya, PolShsha kabi davlatlarni ham ortda qoldirdi.

Olimpiadada oltin medallarni bokschilar Hasanboy Do‘stmatov, Fazliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov hamda 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar musobaqasida o‘zbekistonlik shtangachi Ruslan Nuriddinov qo‘lga kiritdi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 17 medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan 3tasi oltin. Bu bilan Qozog‘iston umumjamoa hisobida O‘zbekistondan keyingi 22- o‘rinni egalladi. Hisobida 1 ta oltin medalSh bo‘lgan Tojikiston umumjamoa hisobida 58-o‘rinda qayd etildi. Qirg‘iziston hisobida og‘ir atletikachsi Izzat Artikov ega bo‘lgan 1ta kumush medalSh bor edi. Biroq uning qonidan doping topilgani ortidan Qirg‘iziston mazkur medaldan ham mahrum bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoasi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasidan bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza, jami 6 medali bilan qaytgan bo‘lsa, 2012 yildagi London Olimpiadasida bitta oltin, uchta bronza medal bilan 47-o‘rinni egallagandi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rio Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh kabi kuchli terma jamoalarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. Hasanboy Do‘smatov Olimpiada o‘yinlarida texnik mahorat ko‘rsatgani uchun Vel Barker kubogiga sazovor bo‘ldi. Vel Barker Kubogi 1936 yildan beri topshirib kelinadi.

Sportchilarimizga Riodagi yorqin, g‘olibona ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz siz bilan farxlanamiz! G‘alabalar muborak bo‘lsin!!!

Sharofiddin To‘laganov

tnews.uz

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar