Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Bektemir Meliqo‘zievning otasi: "Prezidentimiz ishonchi o‘g‘limga kuch-g‘ayrat bag‘ishladi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88
Bektemir Meliqo‘zievning otasi: "Prezidentimiz ishonchi o‘g‘limga kuch-g‘ayrat bag‘ishladi"

deydi Olimpiada kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo‘zievning otasi Ro‘zmatjon Sulaymonov
Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarini butun xalqimiz hayajon bilan kuzatib bordi. Garchi masofa juda uzoq bo‘lsa-da, yurtimiz sport delegatsiyasini ruhan qo‘llab-quvvatlab turdi. Sportchilarimizga balli, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida yuksak natijalarni qayd etib, xalqimiz ishonchini oqladi, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor butun dunyoga keng namoyon etdi.
Boks bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan Bektemir Meliqo‘zievning g‘alabasi ham barchamizni cheksiz quvontirmoqda.
Har gal iste’dodli yoshlarimizning xalqaro sport musobaqalarida erishgan g‘alabalari sharafiga madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz baland ko‘tarilganda beixtiyor to‘lqinlanib ketamiz, qalbimiz faxr-iftixorga to‘ladi.Bunday lahzalarda tuyuladigan quvonchu g‘ururni boshqa hech qaerdan topolmaysiz. Uning ahamiyati beqiyos. Vatanimiz shuhratini dunyoga yoyishga xizmat qilayotgan ushbu muvaffaqiyatlar zamirida Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor mujassam.
Bugun nafaqat shahar va tumanlar markazida, balki chekka va tog‘li qishloqlarda qad rostlagan zamonaviy sport inshootlarida farzandlarimiz o‘zlari qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom, kuchli, mard va jasur bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoit muhayyo.
Yurtimizda sportning ko‘plab turlari qatori boks ham jadal rivojlanmoqda. Ushbu sport turi bo‘yicha har yili yangi-yangi nomlar kashf etilmoqda, abjirligi, kuchi va irodasi bilan jahon ahlini hayratga solmoqda. Ana shunday yoshlardan biri Bektemir Meliqo‘zievdir.
Bektemir 1996 yili Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida tug‘ilgan. Oiladagi muhit unda bolaligidan sportga qiziqish uyg‘otdi, 10 yoshidan tajribali murabbiy Ma’ruf Ahmedovdan boks sirlarini o‘rgana boshladi.
Shahar, viloyat va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda mahorat oshirgan bokschi xalqaro maydondagi ilk g‘alabasiga 2012 yili Ozarbayjonda erishdi. So‘ngra Serbiya, Tailand va Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan joy oldi.
2014 yili Tailandda o‘tkazilgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida va Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Namangan viloyati mezbonlik qilgan «Barkamol avlod – 2014» sport o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi. Bu musobaqalar Bektemirni Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qilgan II o‘smirlar Olimpiadasiga puxta tayyorlanishi va unda g‘alaba qozonishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Keyinchalik kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lib, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini oldi. Albatta, bu yutuqlar osonlikcha qo‘lga kiritilgani yo‘q. Tinimsiz mashg‘ulotlar, murabbiylar o‘gitlari, eng muhimi, yaratilgan sharoit, xalqimiz va Prezidentimiz ishonchi hal qiluvchi rolSh o‘ynadi.
Butun Olimpiada davomida Furqat tumani Shoyimbek qishlog‘idagi Ro‘zmatjon Sulaymonov xonadoniqarindosh-urug‘lar, mahalladoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Bektemirning finalga qadar kechgan bahslari – avstraliyalik DanielSh Jeyson LShyuis, hindistonlik Krishan Vikash, meksikalik MisaelSh UzielSh Rodrigezga qarshi barcha janglarini shu xonadonda jam bo‘lib tomosha qildi. Uyida shunday holat ekanini har kuni telefon orqali bilib turgan Bektemir bundan ruhiy quvvat oldi, engilishga haqqi yo‘qligi, uni butun O‘zbekiston kuzatayotganini his etdi. O‘zbek o‘g‘lonining har bir harakatini barcha hayajon bilan kuzatib bordi. Bektemirning o‘ziga xos uslubini ko‘rgan jahon ahli ham mohir charm qo‘lpoq ustasiga tan berdi. Boks bo‘yicha vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni keltirdi.
Rio-de-Janeyro Olimpiadasida kumush medalSh sohibi bo‘lgan Bektemirni qutlash uchun shu kuni uning xonadoniga yana yuzlab odamlar keldi. Onasi Navro‘za opaning quvonchi cheksiz. Shunday o‘g‘lonni tarbiyalagan ota-onasiga minnatdorlik bildirildi.
– O‘g‘lim erishayotgan g‘alabalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratib berilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar samarasidir, – deydi otasi Ro‘zmatjon Sulaymonov. – Yoshligimda futbolga qiziqardim, armon bo‘lib qoldi. Hozirgiday sharoit, imkoniyat qayda, deysiz?! Men etolmagan orzularga farzandlarim erishayotganini ko‘rib, armonlar ham esimdan chiqdi. O‘g‘limning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi yurtimizda sportchilarga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaldagi ifodasidir. Davlatimiz rahbarining katta ishonchi o‘g‘limga kuch-g‘ayrat bag‘ishladi. Bunday e’tibor uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz.
B.Meliqo‘zievning Olimpiadada qo‘lga kiritgan kumush medali Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Ayni kunlarda yurtimizning barcha joylarida bayram shukuhi kezmoqda. “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida nishonlanayotgan mustaqilligimizning 25 yillik ayyomi arafasida sportchilarimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlamoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar