Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Qozog‘iston matbuoti: O‘zbekiston so‘nggi pallada mamlakatimizdan o‘zib ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 76
Qozog‘iston matbuoti: O‘zbekiston so‘nggi pallada mamlakatimizdan o‘zib ketdi

Rio—2016 Olimpiadasining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza bilan medallar reytingida bir kun avval egallab turgan 31-o‘rindan 21-pog‘onaga ko‘tarildi hamda mana shu o‘rinda turgan Qozog‘iston termasining bir o‘rin pastlashiga sababchi bo‘ldi.

Qozog‘iston matbuoti O‘zbekiston termasining Olimpiya o‘yinlari so‘nggi kunida Qozog‘iston terma jamoasini ortda qoldirib ketganiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

«Rio Olimpiadasining so‘nggi kunida Qozog‘iston termasi 22-o‘ringa pastladi. So‘nggi pallada hisobida 13 ta medalSh, shulardan 4 tasi oltin bo‘lgan O‘zbekiston mamlakatimizdan o‘zib ketdi. Qozog‘istonda 1 ta oltin kamroq», – deyiladi «Sports.kz» internet-nashrida.

«O‘zbekiston Olimpiadaning so‘nggi kunida 2 ta oltin (va 2 ta bronza – «Daryo» izohi) medalni qo‘lga kiritdi. -52 kilogramm vazn toifasida Shahobiddin Zoirov ishonchli tarzda rossiyalik Misha Aloyanni, -64 kilogramm vazn toifasida esa Fazliddin G‘oibnazarov kelib chiqishi kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Lorentso Sotomayorni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston uchun mana shu muhim g‘alabalar mamlakatning medallar reytingida o‘z o‘rnini sezilarli darajada o‘zgartirishiga zamin yaratdi», – deyiladi «Inform.kz» saytida.

Rio–2016 Olimpiadasida 104 nafar sportchi bilan ishtirok etgan Qozog‘iston terma jamoasi jami 3 ta oltin, 5 ta kumush hamda 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, medallar reytingida 22-o‘rindan joy oldi.

Ma’lumot uchun, Rio–2016 Olimpiadasida 70 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar