Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Rio Olimpiadasi. O‘zbekiston sportchilari o‘ziga xos tarix yaratishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Rio Olimpiadasi. O‘zbekiston sportchilari o‘ziga xos tarix yaratishdi

O‘zbekistonlik sportchilar uchun juda omadli kelgan Rio Olimpidasi ham o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi.

Ikki nafar bokschi Shahobiddin Zoirov va Fazliddin G‘oibnazarov Olimpiada chempioni bo‘lishdi va O‘zbekiston terma jamoasining oltin medallarini ikkitaga ko‘paytirishdi. Erkin kurash bo‘yicha sportchilar Ixtiyor Navro‘zov va Magomed Ibragimov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Rio-de-Janeyro shahrida 5-21 avgust kunlari o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada bahslarining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari medalSh jamg‘arish bo‘yicha 21-o‘ringa chiqib olishdi (to‘rtta oltin, ikkita kumush va ettita bronza). O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi bo‘ldi. Reytingda birinchi o‘rinni 121ta medalSh bilan AQSh terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Kuchli beshlikdan Buyuk Britaniya (67, 27ta oltin, 23ta kumush va 17ta bronza), Xitoy (70, 26 – 18 – 26), Rossiya (56, 19 – 18 –19), Germaniya (42, 17 –10 – 15) davlatlari o‘rin oldi.

Musobaqada ishtirok etgan 206ta davlatdan 78tasi sovrindor bo‘ldi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha so‘nggi o‘rinlarni Birlashgan Arab Amirliklari (bitta bronza), Trinidad va Tobago (bitta bronza), Portugaliya (bitta bronza), Nigeriya (bitta bronza) va Moldova (bitta bronza) davlatlari egalladi.

O‘zbekiston bokschilari Rio Olimpiadasida o‘ziga xos tarix yaratishdi. Ular musobaqa davomida jami ettita sovrinni (uchta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza) qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar Olimpiadada birinchi o‘rinni egalladi.

Quyida oldingi uchta yozgi Olimpiadalarda O‘zbekiston sportchilarining ishtirokiga nazar tashlaymiz.

Afina Olimpiadasi 2004 yil – 35-o‘rin. Ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza.

Pekin Olimpiadasi 2008 yil – 41-o‘rin. Bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza.

London Olimpiadasi 2012 yil – 48-o‘rin. Bitta oltin va ikkita bronza.

Rio Olimpiadasida erishilgan ajoyib natijalar O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik to‘yi oldidan juda katta sovg‘a bo‘ldi. Istiqlol havosidan nafas olgan o‘zbek farzandlari jahon arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar