Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

O‘zbekiston boks federatsiyasi Olimpiada o‘yinlari tarixida mamlakat delegatsiyasiga eng ko‘p medalSh taqdim etgan federatsiyaga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 163
O‘zbekiston boks federatsiyasi Olimpiada o‘yinlari tarixida mamlakat delegatsiyasiga eng ko‘p medalSh taqdim etgan federatsiyaga aylandi

O‘zbekiston boks terma jamoasi Rio—2016 Olimpiadasida 7 ta medalni qo‘lga kiritgani, O‘zbekiston boks federatsiyasini yozgi Olimpiada o‘yinlari tarixida mamlakat delegatsiyasi uchun eng ko‘p medalSh taqdim etgan federatsiyaga aylantirdi.

Rio—2016 Olimpiadasi starti oldidan O‘zbekiston boks federatsiyasi va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mamlakat delegatsiyasi uchun Olimpiada o‘yinlari tarixida bir xilda — 7 tadan medalSh keltirgandi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi medallar soni bo‘yicha avvalgi 5 ta Olimpiadada qayd etgan natijasini birgina Rio—2016 da takrorlay oldi.

Oltin medallar soni bo‘yicha boks federatsiyasi Rio Olimpiadasidan keyin sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan tenglashib oldi — 4 tadan oltin. Sport kurashlarida Artur Taymazov (2004, 2008, 2012) va Aleksandr Dokturishvili (2004) oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, bokschilardan bu muvaffaqiyat Muhammadqodir Abdullaev (2000), Hasanboy Do‘stmatov (2016), Shahobiddin Zoirov (2016) hamda Fazliddin G‘oibnazarovga (2016) nasib qildi.

Olimpiada—2016 dan keyin O‘zbekiston boks federatsiyasining olimpiya o‘yinlari tarixidagi medallari soni umumiy 14 taga etdi (4 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza). O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasida esa bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil qiladi (4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza).

O‘zbekiston delegatsiyasiga medallar taqdim etish bo‘yicha keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi (6 ta: 2 ta kumush va 4 ta bronza), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (2 ta bronza), O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi (1 ta oltin) egallab turibdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar