Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

OChL: Chorak final prevShyusi: Server Jeparov OFK nigohida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
OChL: Chorak final prevShyusi: Server Jeparov OFK nigohida

Ertaga Osiyo Chempionlar Ligasi 1/4 final o‘yinlariga start beriladi. Chorak finalning dastlabki o‘yinlari oldidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti turnirda ishtirokini davom ettirayotgan 8ta jamoaning eng asosiy o‘yinchilariga to‘xtalib o‘tdi va ular haqida ayrim faktlar, statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ilk marotaba turnirning chorak finaliga yo‘l olgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinga 24 avgust kuni “Al Ayn” klubi mezbonlik qiladi.

OFK nigohi.

Server Jeparov – "Lokomotiv"
Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki
Jami o‘yinlari soni – 63ta
Kiritgan gollari soni – 6ta

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi hamda terma jamoa safida 100dan ortiq o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan biri OFK talqiniga ko‘ra bu yilgi mavsumda “Lokomotiv”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi eng muhim o‘yinchilaridan biri deb topilgan. Aynan u “Lokomotiv”ning turnirdagi bu yilgi muvaffaqiyatlarida eng muhim rol o‘ynagan futbolchilaridan biri.

Muvaffaqiyat kaliti

Ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jeparov bungacha, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari bilan ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bungacha sakkiz marotaba O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Qolaversa, u Janubiy Koreya hamda Saudiya Arabistonida ham bir marotabadan chempionlikka erisha olgan.

“Paxtakor” safida 2004 yili Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘ynagan futbolchi 2016 yilning avvalida O‘zbekistonga qaytdi va “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi ajoyib o‘yinlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Uni o‘z safiga qo‘shib olgan “Lokomotiv” esa, adashmadi. Aynan uning ikki bor to‘p uzatishlaridan so‘ng “Lokomotiv” avvalgi raundda “Al Hilol”ni mag‘lub etgan edi – 2:1.

Jamoa uchun muhim o‘yinchi

Bugungi kunda Server Jeparovni faxriy futbolchilar qatoriga qo‘shish mumkin bo‘lsa ham, u o‘z iste’dodi va ayrim hususiyatlari evaziga jamoa uchun eng kerakli futbolchi bo‘lishga ulgurgan. U o‘z iste’dodi va tajribasi evaziga hozir ham o‘yinda ko‘plab golli vaziyatlar yarata oladigan salohiyatga ega. Jamoadoshlarini qulay pozitsiyalarga chiqarish va ko‘plab golli vaziyatlarni yarata olishi qobiliyati evaziga bugun ham futbolchi etakchilar qatorida. Aytish mumkinki, bunday saviyadagi futbolchining jamoada borligi, “Lokomotiv”ning yutug‘idir.

Boshqa etakchilar

“Lokomotiv” tarkibida o‘yinini tomosha qilish tavsiya etiladigan futbolchilar qatorida shuningdek, jamoa sardori Timur Kapadze va tajribali Ignatiy Nesterov ham bor. Ularning ham “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi g‘alabalariga qo‘shgan hissasi katta.

Server Jeparovdan tashqari, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov hamda gruziyalik Kaxi Maxaradze kabi futbolchilarning tajribalari “Lokomotiv”ga ushbu mavsumda katta kuch berishi va ularni g‘alabalar sari etaklashi mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar