Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

O‘zbekiston Kubogi-2016. “Nasaf” – “Buxoro”. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 97
O‘zbekiston Kubogi-2016. “Nasaf” – “Buxoro”. PrevShyu

Amaldagi O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi – “Nasaf” jamoasi yana kubok uchun bahslarni davom ettiradi.

"Nasaf” bu yilgi kubok uchun kurashdagi yarim finalning dastlabki uchrashuvini o‘z maydonida 22 avgust dushanba kuni Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

“Nasaf” va “Buxoro” jamoalari bungacha O‘zbekiston kubogi yarim finalida 2012 yili tuqnash kelishgan. O‘sha yili chorak finalda “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 5:4 hisobida ustun kelib yarim finalga etib kelgan edi.

O‘sha yili ham yarim finalning dastlabki uchrashuvi 22 avgust kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan va jamoamiz ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan (video). Uchrashuvdagi gollarni Alisher Yusupov va Artur Gevorkyanlar kiritgan. 25 noyabrSh kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan yarim final javob uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan va umumiy 5:3 hisobi orqali jamoamiz O‘zbekiston Kubogi-2012 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Jamoalarning kubok bahslaridagi ishtiroki

“Buxoro” jamoasi bungacha o‘z tarixida uch marta 2001, 2004 va 2012 yillar yarim finalda ishtirok etgan. Bu yil raqibimiz to‘rtinchi marta yarim finalda ishtirok etmoqda.

“Buxoro” jamoasi bu yilgi yarim final yo‘llanmasi uchun chorak finalda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahs olib borgan. Ular Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishgan bo‘lishsa, o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchishgan va yarim finalga yo‘lanma olishgan.

Jamoamiz bungacha O‘zbekiston kubogi finalida 5 marta ishtirok etgan va 2015 yilda ushbu billur sovrin sohibi bo‘lgan.

"Nasaf" chorak finalda “Andijon” jamoasi bilan kurash olib bordi va Andijonda bo‘lgan dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobi, Qarshida bo‘lgan javob uchrashuvida 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqqan edi.

Uchrashuv hakamlari

O‘zbekiston Kubogi-2016 yarim final dastlabki uchrashuvini FIFA hakami Vladislav Tseytlin boshqaradi.

O‘zbekiston kubogi, ½ finali dastlabki uchrashuvi

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

22.08.2016. “Markaziy” stadion. Soat 20:00da

Bosh hakam: Vladislav Tseytlin (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ma’mur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Tsapenko (Toshkent vil.)

Zaxira hakami: Naim Qosimov (Qarshi)

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

Vladislav Tseytlin bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz ishtirokidagi ikki uchrashuvni boshqargan.

O‘zPFL 2-tur. 11.03.2016 y.

“Olmaliq” (Olmaliq) - “Nasaf” (Qarshi) 1:3

O‘zPFL 6-tur. 24.04.2016 y.

“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi) 0:2

Yarim final javob uchrashuvi sanasi

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvi 21 sentyabr chorshanba kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Barcha futbol ishqibozlarini bugungi uchrashuvda jamoamizni qo‘llab-quvatlash uchun stadionimizga chorlab qolamiz.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar