Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.08.2016

Rio-2016. Olimpiya o‘yinlarining oxirgi kuni delegatsiyamiz hisobi yana to‘rtta medalga boyidi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 199
Rio-2016. Olimpiya o‘yinlarining oxirgi kuni delegatsiyamiz hisobi yana to‘rtta medalga boyidi

To‘rtta oltin, ikkita kumush va ettita bronza medali. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasliklarini amalda yana bir bora isbotladilar.
Bugun Olimpiya o‘yinlarining 16-kuni muzaffar bayrog‘imiz yana ikki bor sarbaland ko‘tarildi. Shu bilan birga ikki nafar erkin kurashchilarimiz ham bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
Delegatsiyamiz hisobiga oltin medallarni bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov (-52 kg) hamda Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg) keltirdilar.
Musobaqa davomida ko‘plab Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarini mag‘lub etgan yosh, iste’dodli sportchimiz Shahobiddin Zoirov hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Misha Aloyanga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shundan so‘ng, ringga ko‘tarilgan Fazliddin G‘oipnazarov ham o‘zbekning mard bahodirlari nimalarga qodirligini amalda yana bir bora isbotladi. Ozarboyjonlik Sotomayor bilan kechgan hal qiluvchi final jangida hamyurtimiz raqibidan har tomonlama kuchli ekanligini namoyish etdi va u ham Olimpiya o‘yinlarining g‘olibidek sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida ham, medallarni qo‘lga kiritish borasida ham birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni Kuba (3-0-3), uchinchi o‘rinni esa Frantsiya (1-2-2) terma jamoasi band etdi.
Erkin kurashchilarimizdan bronza medallariga Ixtiyor Navro‘zov (-65 kg) va Magamed Ibragimov (-97 kg) sazovor bo‘ldilar.
Shunday qilib, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari tarix sahifalariga bitildi. To‘rtta oltin, ikkita kumush hamda 7 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 21-o‘rinni egallashdi.
Qo‘lga kiritilgan natijalar bo‘yicha hamyurtlarimiz MDH davlatlari orasida ikkinchi, Osiyoda Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlaridan keyin to‘rtinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallashdi.
Quyida, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilarimiz ro‘yxati berilgan:
Oltin – Hasanboy Do‘smatov (-49 kg, boks) Oltin – Shahobiddin Zoirov (-52 kg, boks) Oltin – Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg, boks) Oltin – Ruslan Nurudinov (-105 kg, og‘ir atletika)
Kumush – Shahram Giyasov (-69 kg, boks) Kumush – Bektemir Meliqo‘ziev (-75 kg, boks)
Bronza – Diyorbek O‘rozboev (-60 kg, dzyudo) Bronza – Rishod Sobirov (-66 kg, dzyudo) Bronza – Murodjon Ahmadaliev (-56 kg, boks) Bronza – Rustam To‘laganov (-91 kg, boks) Bronza – Elmurat Tasmuradov (-59 kg, yunon-rum kurashi) Bronza – Ixtiyor Navro‘zov (-65 kg, erkin kurash) Bronza – Magamed Ibragimov (-97 kg, erkin kurash)
Shunday qilib, Istiqlol yillari olti bor yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimizning jami qo‘lga kiritgan medallari endilikda 33 tani tashkil etadi. Shundan 9 tasi oltin, 7 tasi kumush va yana 17 tasi bronza medallaridir.
Shavkat Jalilov Anvar IlShyasov Rio-de-Janeyro shahridan tayyorlandi Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar