Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

Pishchur: «Hammasi o‘zingiz o‘ylagandek bo‘lmas ekan»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Pishchur: «Hammasi o‘zingiz o‘ylagandek bo‘lmas ekan»

2016-yilgi futbol mavsumining dastlabki qismini «Navbahor»da o‘tkazib, hozirda Jambulning «Taraz» jamoasida to‘p surayotgan ukrainalik Aleksandr Pishur bilan kamtarona suhbat qurdik.

- Namangandagi faoliyatingiz juda qisqa bo‘ldi...
- To‘g‘risi, hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha to‘p surish uchun O‘zbekistonga qaytgandim. «Navbahor»ni tark etgan bo‘lsamda, u erda ajoyib xotiralarim qoldi. Tarkibimiz chakki emas edi. Ming afsuski, doim ham siz istagandek bo‘lavermas ekan. Jamoamiz yangiligi uchun kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olmagan bo‘lishimiz mumkin. O‘sha tarkib bilan yuqori o‘rinlar uchun kurashish mumkin edi. Ammo asta-sekin barchasi iziga tushayotganda...

- «Navbahor» tanaffusga 13-o‘rin bilan chiqib ketdi.
- Yuqorida aytib o‘tganimdek, Namanganda tarkib qaytadan tuzilgandi. Barchaga ma’lumki, yangi jamoa bilan darrov natijaga erishib bo‘lmaydi. Bir muncha vaqt talab etiladi. Balki talabchan muxlislarning bosimiga dosh berolmagandirmiz? Ikkinchi davrani jamoa yomon boshlagan bo‘lsada, o‘z maydonida ikki bor g‘alaba qozonibdi. Albatta, «Navbahor»ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Yana «Taraz»ga qaytdingiz. Sizni yana iliq kutib olishdimi?
- To‘g‘risi, «Navbahor»ga o‘tayotganimda bu erdagilar menga qarshilik ham qilishgandi. Shunga qaramay, qozoqlar meni jamoada yaxshi kutib olishdi.

- «Navbahor»da 5 ta gol kiritgandingiz. Jambulda esa 3 ta o‘yinda maydonga tushdingiz, gol esa yo‘q.
- Asosan zaxiradan maydonga tushyapman. Murabbiylar ko‘proq senegallik Malik Manega ishonch bildirmoqda. Bugun (21 avgust) «Atirau»ga qarshi o‘yinda gol kiritishga harakat qilaman.

- Namangandagi faoliyatingiz davomida esingizda qolgan qiziqarli voqea?
- Namanganda havo issiq bo‘lardi. Klub bazasidagi xonamizda konditsioner yo‘q edi. Ko‘pincha sheriklarim bilan bozordan gilos va shunga o‘xshash mevalar olib, tashqarida osmonga qarab tanovvul qilib oyoq cho‘zardik (kuladi). «Bunyodkor»da esa o‘yindan oldin jamoadoshlarimdan biri butsamni ichiga hazillashib suv quygan edi. Qizig‘i, o‘sha kungi uchrashuvda dublShga erishgandim.

- «Taraz»dagi faoliyatingizga omadlar tilab qolamiz!
- Katta rahmat. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlaringizni O‘zbekiston Mustaqilligini 25 yilligi bilan chin dildan tabriklayman. Namanganlik muxlislarga esa mening nomimdan alangali salom yo‘llab qo‘ying!
Obid RUSTAMOV suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar