Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

“Butsali Pifagor” afsonasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53
“Butsali Pifagor” afsonasi

Joriy yilning 24 mart kuni afsonaviy futbolchi Yoxan Kroyf saraton kasalligidan 68 yoshida vafot etdi. Faoliyatining asosiy qismida «Ayaks» hamda «Barselona» klublarida to‘p surgan futbolchi, 3 karra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Murabbiy sifatida ham bir qancha musobaqalarda zafar quchgan hamda bugungi «Barselona»ga tiki-taka uslubini olib kirgan murabbiy sifatida tarix zarvaraqlaridan o‘rin olgan. Kroyf 68 yoshida o‘pka saratoni tashxisi bilan vafot etdi.

“Butsali Pifagor” afsonasi

Buyuk futbol afsonasi haqida qiziq ma’lumotlar:

Xéndrik Yóxannes Kroyf (Kruiff) 1947 yil 25 aprelda Amsterdam shahrida dunyoga kelgan. 2007 yilning 18 aprelSh kuni taniqli futbolchi va murabbiy 60 yoshni qarshi olganida Amsterdamning “Ayaks” klubi ma’muriyati shunday qaror qabul qildi: Jamoa Kroyfning klub oldidagi buyuk xizmatlariga hurmat ramzi sifatida 14-raqamli sport formasini “muzlatib” qo‘ydi. Shundan buyon mazkur raqamli formada hech kim maydonga tushmaydi. Kroyf “total futbol”ni olib kirgan mutaxassis sanaladi. Ana shu uslub bilan u “Ayaks”da UEFA Evropa chempionlari kubogini va 8 bor Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Butsali Pifagor” afsonasi

1973 yilda Yoxan Kroyf o‘z davrining rekord summasi (922 ming funt sterling) evaziga Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga o‘tdi. Oradan bir yil o‘tib, Kroyf “lolalar” tarkibida Jahon chempionati finaligacha etib bordi. Myunxendagi 75 200 muxlis ko‘z o‘ngida o‘tkazilgan finalda Gollandiya GFR terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. To‘p bilan engil va nozik muomala qilish, maydondagi domiy manevrlar Kroyfga xos edi. U o‘zining kutilmagan fintlari va qarorlari sabab, “Uchar golland” degan laqab oldi. Raqiblar uning qanday harakat qilishini oldindan hech qachon bila olmagan.

“Butsali Pifagor” afsonasi

Uning o‘ziga xos texnik uslublaridan biri–oyoqning yuz qismi bilan beriladigan aylanma zarba. Bunday zarbalarning traektoriyasini topish juda mushkul edi. Gohida burchak to‘plarini ana shunday burama zarbalar bilan tepib, raqiblariga haqiqiy xavf tug‘dirar edi. “Uchar golland”ning yana bir necha laqablari mavjud: “Kronshahzoda”, “Butsali Pifagor”, “El Salvador” (Qutqaruvchi). Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro federatsiyasi (IFFHS) Yoxan Kroyfni 20 asrning eng kuchli futbolchilari ro‘yhatida Peledan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etdi. Kroyf doim bir xil—14 raqam ostida maydonga tushgan. Aynan shu raqam bilan 17 yoshida “Ayaks” tarkibida debyut qilgan.

“Butsali Pifagor” afsonasi

Yaratgan unga chin iqtidor va jismoniy quvvat ato qilgandi. O‘z davrida u 30 metrni 3,8 soniyada bosib o‘tardi. Yana bir tomoni borki, u o‘smirligidan sigareta chekishni o‘rganib olgandi. Kuniga bir quti chekardi. Shu sabab 90-yillar boshida sog‘ligi bilan bog‘liq muammo kelib chiqqanda, shifokorlar uning hayotini bazo‘r saqlab qolishgan. Yoxan Kroyf, aytish mumkin bo‘lsa, futbol ichida ulg‘aygan. Chunki uning onasi “Ayaks” klubida kir yuvuvchi bo‘lib ishlagan. Shuning uchun uning bolalagi mazkur buyuk jamoada kechgan. Yoxan Kroyf “Oltin to‘p”ni ketma-ket 3 bor (1971, 1973 va 1974 yil) qo‘lga kiritgan ilk evropalik futbolchi sanaladi. Undan so‘ng mazkur natijani MishelSh Platini va Marko van Basten takrorladi.

“Butsali Pifagor” afsonasi

2010 yilning 26 mart kuni Kroyf “Barselona” klubining faxriy Prezidenti, deb e’lon qilindi. Kroyf Cruyff Classics oyoq kiyimlar brendi asoschisi. Kompaniya erkaklar va ayollar uchun sport poyabzallari savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning o‘g‘li Yordi Isroilning “Makkabi” futbol klubi sport direktori sanaladi.

Gollari:

204 ta “Ayaks”da (Amsterdam, Gollandiya) 48ta “Barselon”da (Barselona, Ispaniya) 14 ta “Los-Andjeles Atsteks”da (Los-Anjeles, SShA) 12 ta “Vashington Diplomats”da (Vashington, SShA) 2 ta “Levante” (Valensiya, Ispaniya) 11 ta “Feyenoord”da (Rotterdam, Gollandiya) Gollandi terma jamoasida 33 ta.

“Butsali Pifagor” afsonasi

Kroyf va uning oltin iboralari

«Futbol – juda oddiy o‘yin. Yaqiningda odam turganda 50 metr uzoqlikdagi sheriginga yo‘qotish xavfi bilan to‘p oshirishga ne xojat? Eng yaxshi g‘oyalar—eng oddiysi. Gol o‘tkazib yuborishni xohlamaysizmi? Unda to‘pni shunchaki raqibga bermay, o‘zingizda ushlab turing!»

«Ko‘chlikning fikricha, xato qilish—bu muammo. Men bunday o‘ylamayman. Buning ma’nosi shuki, xatolar bizni har tomonlama kuchli qiladi. O‘rganish uchun eng to‘g‘ri yo‘l—xatolar!»

«Ko‘p odamlar Messi va Ronalduni solishtirishadi. Ular mutlaqo farqli. Ularni taqqoslash mumkin emas. Ikkovi ham buyuk va biri-biridan boshqacha. Shuning uchun ulardan qay biri kuchli, deb savol qo‘yish noto‘g‘ri…”

«Yaxshi va yomon o‘yinchi orasida qanday farq bor? Fikrlash tezligida. Agar sizda bu yuqori bo‘lsa, unda to‘pga egalik qilib turgan raqibni xato qilishga majbur qiling. Va eng muhimi, xujumdan himoyaga tez o‘tish yoki aksincha. Zero, birinchi himoyachi—bu xujumchi! Himoyaning dastlabki bosimi aynan undan boshlanadi…»

«Yaxshi rivojlangan indivdual sport turlari ko‘p. Agar biz futbol va golShfni qiyoslaydigan bo‘lsak, golShf o‘yinchisining yordamchi-haydovchisi, zarbalar bo‘yicha murabbiyi bor. Futbolda-chi? 15 odamga 1 nafar murabbiy—bu absurd!»

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar