Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

Zlatko Dalich. "Al Ayn" bosh murabbiyi haqida nimalarni bilamiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Zlatko Dalich. "Al Ayn" bosh murabbiyi haqida nimalarni bilamiz?

"Lokomotiv" uchun Osiyo chempionlar ligasi yana yaqinlashmoqda. "Temiryo‘lchilar" ertaga, 22 avgust kuni BAAning Al Ayn shahri tomon yo‘l olishadi va 23 avgust sanasida mahalliy "Al Ayn" klubiga qarshi OChL chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvni o‘tkazishadi.

Raqibimiz "Al Ayn" BAAning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Hozirda bu jamoani xorvatiyalik murabbiy Zlatko Dalich boshqarmoqda. Quyida ushbu murabbiy haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Zlatko Dalich. 1966 yil, 26 oktyabrda tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyatida tayanch yarim himoyachisi sifatida to‘p surgan. Asosan Xorvatiyaning o‘zida o‘ynagan. 2000 yildan beri murabbiylik vazifasini bajarib kelmoqda. 2006 yil Xorvatiya U-21 terma jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan.

2008-2009 yillarda Albaniya klubi "Dinamo" (Tirana)ni boshqarib, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2010 yildan esa murabbiyning Osiyodagi "missiyasi" boshlanadi. Avvaliga Saudiya Arabistonining "Al Favysali" klubini qabul qilib olgan mutaxassis tez orada mashhur bo‘lib ketadi.

Mavsum oxirida "Al Riyad" gazetasi Zlatko Dalichni "Eng yaxshi murabbiy" deb topadi. Dalich g‘oliblik uchun kechgan kurashda GabrielSh KalShderon, ValShter Zenga, Erik Geretts kabi murabbiylarni olrtda qoldiradi. 2012 yil xorvatiyalik murabbiy "Al Hilol" klubini qabul qiladi. U yangi jamoasi bilan bir qator yutuqlarga erishadi. Hatto 2013 yilning may oyidagi reytingga ko‘ra dunyoning eng kuchli murabbiylari orasida 13-o‘rinni egallaydi.

2014 yil BAAga ko‘chib o‘tgan murabbiy bu safar "Al Ayn" bilan shartnoma tuzadi. Va o‘sha yilning o‘zidayoq "Al Ayn"ni OChL guruh bosqichida peshqadamga aylantiradi. Bunaqasi klub tarixida 2006 yildan beri yuz bermay kelayotgandi. Zlatko Dalich OChLdagi ijobiy ishtiroki tufayli 2014 yil yakunlariga ko‘ra BAAda ishlayotgan murabbiylar orasida "Eng yaxshi murabbiy" deb topiladi. Shuningdek, ushbu mutaxassis 2015 yil ham "Eng yaxshi murabbiy" deya ikkinchi bor tan olingan.

Zlatko Dalich kelgunga qadar "Al Ayn" jahon klublari reytingda 335-o‘rinni egallab kelayotgandi. Lekin ikki yildan kam bo‘lmagan vaqt oralig‘ida xorvatiyalik klubni yangi cho‘qqilar sari ko‘tara oldi. Bugungi kunda "Al Ayn" jahon reytingida 122-o‘rinda bormoqda va Osiyoning beshta eng kuchli klubidan biri hisoblanadi.

"Al Ayn" ushbu murabbiy qo‘l ostida ham mamlakat chempionligi, ham Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan, qolaversa Osiyo chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar