Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 264
Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Qo‘qon shahridan 10 kmcha g‘arbda joylashgan Shoyimbek qishlog‘ini topib borish qiyin bo‘lmadi. Bektemirning qishlog‘i Furqat tumaniga qaraydi. Qo‘qon-Beshariq yo‘lining chetida joylashgan chempionning hovlisiga kirib borganimizda qosh qorayayotgan edi. Bizni Bektemirning akasi qarshi oldi. Sportchi ekanligi qo‘l siqishidan ma’lum.

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Xonadon gavjum. Aka-ukalaru qarindosh-urug‘lar ayvon chetida o‘tirgancha qarshisidagi katta ekranda jang lavhalarini tomosha qilardi. Hovlining o‘rtasiga chiroyli dasturxon tuzalgan.

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Siz jangovar sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning onasiga oson deb o‘ylaysizmi? Farzandiga kelib tushayotgan zarbalarni tomosha qilish ota-ona uchun quvonchli emas, har holda. Biz Bektemirning otasi Ro‘zmatjon aka bandligi tufayli onasi Navro‘za opani suhbatga tortdik. Navro‘za opa muxbirlar bilan so‘zlashaverib pishib ketganga o‘xshaydi. Bektemirning yoshligi, sportga bo‘lgan qiziqishi, hattoki, o‘zidan kattalarni yig‘latganlari haqida so‘zlayotib, jang lahzalarida “shunday hayajonlanamanki, tasavvur qilish qiyin”, deb qo‘shimcha qildi.

Bektemir Meliqo‘zievning onasi bilan suhbat

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

https://www.facebook.com/Sof.uzbek/videos/553498538190807/

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Maktabda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlaydigan Ro‘zmatjon aka bilan suhbatlashdik. Shuningdek, Bektemirning amakisi oilaviy sportchilar sulolasi haqida hikoya qildi. Ma’lum bo‘lishicha, amakivachchalarning orasidan futbol va boks bilan shug‘ullanmaydiganini topish qiyin ekan. “Bektemir boks bilan astoydil shug‘ullangan. Musobaqalarda raqiblarini urib yiqitaverardi”, deydi u kishi.

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Bektemir 1996 yilda tug‘ilgan. Qishlog‘idagi 20-maktabni tamomlab Qo‘qon shahridagi pedagogika bilim yurtida tahsilni davom ettirdi. Hozir esa Qo‘qon Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetida o‘qiydi.

Sportchining ustozi, boks bo‘yicha murabbiy Ma’rufjon aka uning tirishqoqligi va boksga nisbatan favqulodda iste’dodi haqida so‘zlab berdi.

Ayni vaqtda xonadon ahli soat 23:00dagi boks bo‘yicha finalni kutmoqda. O‘zbekiston ahli ham. Biz ushbu jangda Bektemir Meliqo‘zievga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida

Fotosuratlar muallifi taniqli bloger Isroil Tillaboevga sof.uz o‘z minnatdorchiligini bildiradi

Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida


Kechagi final oldidan Bektemir Meliqo‘ziev xonadonida


Kecha bo‘lib o‘tgan finalda Meliqo‘ziev imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar