Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.08.2016

Oltin avlodning oltin medallari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 189
Oltin avlodning oltin medallari

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish bilan bir qatorda, olamshumul natijalarni qayd etyapti.

O‘zbek PakShyaosi

Orziqib kutilgan onlar ham etib keldi. 2016 yilning 14 avgust sanasi O‘zbekiston sport olamiga yana bir yorqin sahifa bo‘lib kirdi. Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha vazni 49 kilogrammgacha bokschilar bellashuvida qatnashgan o‘zbek o‘g‘loni Hasanboy Do‘stmatov oltin medalga sazovor bo‘lib, dunyoda tengsiz ekanini isbotladi. Bu bilan yurtimiz yoshlari kuch va salohiyatda, iste’dod va mahoratda hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi.

Chempionlik yo‘lida tajribali sportchimiz meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov, AQSh vakili Niko MigelSh Xernandesni mag‘lubiyatga uchratdi. Oltin medalSh uchun kechgan hal qiluvchi bahsda esa Hasanboy kolumbiyalik Yuberxen Martinesni engib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Bu jangni kuzatish uchun hatto, dunyoning eng mashhur bokschisi amerikalik Floyd Meyvezer ham tashrif buyurdi. Bu bejiz emas, albatta.

Bugun Hasanboyni ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar fillippinlik afsonaviy bokschi Menni PakShyaoga qiyoslamoqda. Negaki, sportchimizning jang olib borish uslubi, ayniqsa, undagi tezkorlik bu bokschiga juda o‘xshash. Shu ma’noda, Hasanboyni hali yana oldinda juda ko‘p buyuk g‘alabalar kutib turganiga shubha yo‘q.

Shu kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumani Kulla qishlog‘ida yashovchi Hayitboevlar oilasi shodon va baxtiyor hayqiriqlarga, olqishlarga to‘lib-toshdi. Barcha-barcha bu oilani farzandining ulkan g‘alabasi bilan tabriklashga oshiqqanini butun O‘zbekiston ahli teleekran orqali ham kuzatdi.

— O‘g‘lim Olimpiadada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqimiz va ­Prezidentimiz ishonchini oqlaganidan faxrlanaman, — deydi chempionning otasi Ma’rufjon HAYITBOEV. — 2000 yili Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir Abdullaev oltin medalni qo‘lga kiritganda chin dildan quvongan, unga, uning ota-onasiga havas qilgan edim. Qani edi, mening o‘g‘lim ham yurtini shunday sharaflarga burkasa, deb orzu qilgandim. Prezidentimizning yosh avlod kamolotiga qaratayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rliklari farzandim timsolida ana shu orzuimni ro‘yobga chiqardi. O‘g‘limning g‘alabasi — mustaqil O‘zbekiston g‘alabasidir. Zero, yurtimiz mustaqil bo‘lmaganida oddiy bir dehqon farzandi shunday yuksak cho‘qqilarga chiqa olarmidi?! Yo‘q. Buni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Mahalladoshlar, yaqinlarimiz menga «Sizga havasimiz kelyapti», deganida men bu dunyolarga sig‘may ketdim.

Hasanboy Do‘stmatovning oltin medali mamlakatimiz istiqlolga erishganidan buyon Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ettinchi oltin medaldir. Esingizda bo‘lsa, yozgi Olimpiadaning ilk oltin medali ham aynan boks bo‘yicha bellashuvlarda qo‘lga kiritilgan edi. 2000 yil Sidneydagi Olimpiya o‘yinlarida bokschimiz Muhammadqodir Abdullaev g‘alaba qozonib, o‘zbek boks maktabi shuhratini yuksaltirgan edi. Mana, bugun o‘zbek boks maktabi dovrug‘i yana dunyoda tan olindi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda. Ayni paytga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va bronza medalni (Rustam To‘laganov) qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida peshqadamlik qilmoqda.

Bundan tashqari, yana uch nafar bokschimiz — Murodjon Ahmadaliev (54 kg), Fazliddin G‘oyipnazarov (64 kg) hamda Bektemir Meliqo‘ziev (75 kg) ham kamida bronza medalni naqd qilgan. Shahram G‘iyosov (69 kg) esa oltin medalSh uchun qozog‘istonlik Daniyar Elussinov bilan final jangini o‘tkazadi (Braziliya bilan o‘rtamizdagi 8 soatlik vaqt tafovutini inobatga olib, Rio — 2016 Olimpiadasiga oid barcha ma’lumot Toshkent vaqti bilan joriy yil 17 avgust soat 16:00 ga qadar holatni o‘z ichiga olgan).

Haqiqiy polvon rekordi bu

Olimpiada o‘yinlarining biror-bir sport musobaqasiga tashrif buyurgan muxlislarni bir ovozdan O‘zbekiston o‘g‘lonini olqishlab turganini hech ko‘rganmisiz? Og‘ir atletika bahslarida ana shunday bo‘ldi. Hamyurtimiz Ruslan Nuridinov qo‘lga kiritgan olamshumul g‘alabasi bilan nafaqat yurtdoshlarimizning, balki arenaga kelgan turli millat vakillarining ham yoqimtoyiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon va Osiyo chempioni, Jahon Universiadasi g‘olibi Ruslan Nuridinov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shdi.

Chempionlikka asosiy da’vogarlardan hisoblangan va o‘z vazn toifasida dunyo atletlari o‘rtasida etakchilik qilayotgan sportchimiz shtangani dast ko‘tarishda 194 kg, siltab ko‘tarishda 237 kg, ikkikurash natijasiga ko‘ra 431 kilogramm natijani qayd etdi. Ayniqsa, polvonimiz siltab ko‘tarish mashqida 237 kilogramm toshni ko‘tarib, Olimpiya o‘yinlarining rekordini yangilaganda (oldingi rekord 236 kilogramm) zal larzaga keldi. Barcha-barcha Ruslanni tarixiy g‘alaba bilan olqishlay boshladi.

— Bugun Ruslan Nuridinov qayd etgan natijani haqiqiy mo‘’jizaga qiyoslash mumkin, — deydi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti ­Tomash Ayan. — Bu O‘zbekistonda sport qay darajada taraqqiy etib borayotganining yorqin isbotidir. Olimpiya o‘yinlarida bunday natijalarga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Men O‘zbekistonda bir necha marotaba bo‘lganman. Davlatingiz rahbari mamlakatingizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirayotgan ulkan islohotlardan xabarim bor. Buning samarasi bugun Olimpiya o‘yinlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shu tariqa, hozircha terma jamoamiz hisobida 2 ta oltindan tashqari yana 4 ta bronza medali ham bor. Dzyudochilarimiz Diyorbek O‘rozboev, Rishod Sobirov, bokschimiz Rustam To‘laganov, yunon-rum kurashchimiz Elmurod Tasmurodov bizga ana shu bronza medallarni taqdim etishgan. O‘zbekiston umumjamoa hisobida medallar jadvalida 30-o‘ringa ko‘tarildi...

Ilk ishtirok

Ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurish musobaqasida tarixda birinchi marta Saudiya Arabistoni vakilasi Kariman Abu Al-Jadoyil ham ishtirok etdi. Sportchi marraga ettinchi bo‘lib keldi va final bahsiga chiqa olmadi. Biroq shunga qaramay, uning nomi tarixga bitildi, chunki avval 100 metrga yugurish bahslarida arab ayollari qatnashmagan.

7 karra Olimpiya chempioni

Yamaykalik mashhur sprinter Useyn Bolt faoliyatidagi ettinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi 100 metrga yugurish musobaqasining finalida 9,81 soniyalik natija bilan g‘olib bo‘ldi hamda yarim finaldagi natijasini soniyaning 100 dan 5 ulushiga yaxshiladi.

Endi basseynga tushmaydi

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps AQSh terma jamoasi safida 23 karra Olimpiada chempioniga aylangach, bu Rio olimpiadasi faoliyatidagi oxirgisi ekanini ma’lum qildi.

— Men hovuz yoqasiga borganimda yig‘lab yuborgudek bo‘ldim. Terma jamoa bilan oxirgi marta mashg‘ulot o‘tkazdim, so‘nggi marta bu libosni kiyib, minglab muxlislar qarshisida suvga sakradim, — dedi Felps.

Beshta Olimpiada (Sidney — 2000, Afina — 2004, Pekin — 2008, London — 2012 va Rio — 2016)da ishtirok etgan 31 yoshli Felps hisobida 23 ta oltin medaldan tashqari 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari ham bor.

Qirilgan bosh

Rossiya qilichbozlik terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z shogirdlariga bahsda yutqazib qo‘ydi. Gap shundaki, Ilgar Mamedov o‘z shogirdlariga agar ikkita oltin medalSh bo‘lsa, sochini qirdirib tashlashini aytgandi.

Rapirachilar Aleksey Cheremisin, Timur Safin va Artur Axmatxuzin terma jamoa tarkibida oltin medalni keltirganidan keyin murabbiyning o‘z va’dasi ustidan chiqishiga to‘g‘ri keldi: jurnalistlar qarshisida shogirdlariga sochini qirdirdi.

Singan tirsak

Armanistonlik og‘ir atletikachi Andranik Karapetyan Rio Olimpiadasidagi musobaqalar vaqtida og‘ir jarohat oldi va medalSh uchun kurashdan chiqib ketdi. 20 yoshli sportchi 195 kilogrammli shtangani ko‘tarib, uni tushirayotganda tomoshabinlar qo‘rqinchli qarsillagan ovozni eshitdi…

Qalblarni juftlashtirgan Rio

Xitoylik olimpiya sportchisi Tsin Kai mukofot topshirish marosimida mamlakat terma jamoasi a’zosi Xe Tsziga turmush qurish taklifini bildirdi. Sportchi qiz kutilmagan vaziyatdan ko‘ziga yosh oldi va rozi bo‘ldi.

TsinSh Kai Rioda tramplindan suvga sinxron sakrash bo‘yicha musobaqada bronza medalini, Xe Tszi esa suvga uch metrli tramplindan sakrash bo‘yicha kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Shahobiddin RASULOV

tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar