Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Rio-2016. Boks. Bektemir Meliqo‘ziev kumush medali sohibi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 145
Rio-2016. Boks. Bektemir Meliqo‘ziev kumush medali sohibi

Boksning 75 kg. vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziev olimpiada vitse-chempioniga aylandi.
Hamyurtimiz final bahsida amaldagi jahon chempioni, kubalik Arlen Lopesga imkoniyatni boy berdi. Murabbiylar Bektemirga hujumkor jangga tayyorlashgan shekilli, u birinchi bo‘limdan oldinga tashlandi. Lopes esa yaxshi himoyalangan holda, qarshi hujumda aniqroq harakat qilishga harakat qildi. Deyarli tengma-teng kechgan birinchi bo‘limda hakamlar ustunlikni kubalik bokschiga berishdi.
Ikkinchi raunddan boshlab raqibning ustunligi oshib bordi. Meliqo‘ziev negadir qo‘llari bilan yuzini va tanasini yopmadi, himoyalanmadi. Natijada u ko‘plab zarbalarni o‘tkazib yubordi. Arlen ikkinchi raunddan keyinoq ochkolar bo‘yicha g‘alabani naqd qilib qo‘ydi. Yurtdoshimiz faqat nokaut evaziga g‘alaba qozonishi mumkin edi, ammo Arlen Lopes g‘alabani qo‘ldan chiqarib qo‘yadigan bokschi emas. Yakuniy natija — 0:3 (28:29, 27:30, 28:29).

O‘tgan yili Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida ham Lopes Meliqo‘zievni mag‘lub etgandi.
Ertaga yana ikki nafar bokschimiz — Shahobiddin Zoirov va Fazliddin G‘oibnazarov final janglarini o‘tkazishadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ikkinchi kumush medalSh yozildi. Hisobimizda 2ta oltin va 5ta bronza medallari ham borligini eslatib o‘tamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar