Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Messi fenomeni (2-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 84
Messi fenomeni (2-qism)

Messi fenomeni - 1-qismni bu erdan o‘qing.

2-qism.

“Aldamchi to‘qqizlik”ning paydo bo‘lishi

Markaziy hujumchining shunchaki jarima maydoni ichida yoki atrofida yurib golli vaziyat yuzaga kelishini poylashi shart emasligi, avvaldan ham ma’lum bo‘lgan. Yoxan Kroyff, Mattias Sindelar, Nandor Xidegkuti va Alfredo Di Stefano kabi futbolchilar turli vaqtlarda shunchaki markaziy hujumchi sifatida emas, bo‘shliq yaratish, ko‘proq golli vaziyatlarni yuzaga keltirish kabi vazifalarni ham bajarishgan. Kroyffning 90-yillardagi “Barselona”sida Mikael Laudrupgashu ish topshirilgandi.

Shunday bo‘lishiga qaramay, Messi bu kontseptsiyani rivojlantirib, butunlay yangi darajaga olib chiqdi. «Barselona» 2009 yilning mayida «Bernabeu»ga yo‘l oladi. Jamoalar o‘rtasidagi farq 4 ochko, mavsum yakuniga qadar 5 o‘yin qolgan. “Real”ning markaziy himoyachilari Fabio Kannavaro va Kristof Mettselder an’anaviy markaziy hujumchilarga qarshi yaxshi himoyalanishini Gvardiola yaxshi tushunib etardi, shu sabab markazga Messini qo‘yishga, Eto’Oni esa o‘ngga olishga qaror qiladi. Bu uslubni u mavsum davomida biroz sinovdan o‘tkazib ham olgandi. Madridliklar hisobni ochishdi, ammo bu o‘yinda Messi faoliyatidagi eng kuchli o‘yinlaridan birini namoyish etdi. Ikki gol urdi, golli pasni amalga oshirdi, “Barsa” esa 6:2 hisobida zafar quchdi.

O‘shandan boshlab to jamoada Luis Suares paydo bo‘lguniga qadar, Messi doimiy ravishda aldamchi to‘qqizlik pozitsiyasida o‘ynab keldi. Muhimi, orqaroqda o‘ynash va sheriklariga bo‘shliq yaratish vazifasi uning sermahsulligiga ta’sir o‘tkazmadi: “Barsa” tarkibida 2009-10 mavsumida 47 gol, 2010-11 yillarda 53, 2011-12 yilgi mavsumda 73 va keyingi mavsumda 41 gol.

Messidan keyin aldamchi to‘qqizlik kontseptsiyasi keng urf oldi. Hozirgi «Liverpul»daFirmino, Ispaniya termasida Sesk Fabregas o‘yinlarini eslash kifoya.

Messi namunasi

Messiga bir jihatdan omad kulib boqqan: uning ayni kuchga to‘lgan vaqti futbol olamida asosan jismoniy qudratga emas, yuqori texnikaga ko‘proq e’tibor qaratila boshlagan vaqtga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, 1998 yilgi JCh oldidan offsayd qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar jismoniy to‘qnashuvlar foizini kamaytirdi. Bo‘yi past futbolchilarga himoyachilar ta’qibidan qochib ketish imkoni oshdi. Kim bilsin, qoidalardagi bu o‘zgarishlar bo‘lmaganida Pep Gvardiola “Barselona”sining uslubi bu qadar muvaffaqiyat qozona olmagan bo‘lardi balki. Xullas, barchasi yig‘ilib qudratli jamoa paydo bo‘ldi – qoidalardagi o‘zgarishlar, Gvardiolaning uslubiga mos ijrochilar va Messi. Boshqa jamoalar ham bu uslubni ko‘chirishga urinishdi, ammo ularning asosiy kamchiligi – tarkibda Messi yo‘q edi.

Messi – noyob iqtidor egasi. Undan shunchaki nusxa ko‘chirish mumkin emas. Lekin baribir uning namunasi futbolni o‘zgartirdi. Past bo‘yli, yuqori texnikali, intellektual qobiliyatli futbolchilar yuzaga chiqa boshladi. Aldamchi to‘qqizlik har qachongidan ham urfga aylandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar