Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Suzish bo‘yicha 1992 yilgi Olimpiada chempioni Mark TShyuksberi Isinbaevani doping qabul qilishda aybladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
Suzish bo‘yicha 1992 yilgi Olimpiada chempioni Mark TShyuksberi Isinbaevani doping qabul qilishda aybladi

Kanadalik suzuvchi, 1992 yilgi Olimpiada chempioni Mark TShyuksberi langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiada g‘olibi rossiyalik Elena Isinbaevani doping qabul qilishda aybladi. Bu haqda Mark Isinbaevaning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sportchilari komissiyasi a’zosi etib saylanganidan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Sport-Ekspress».

– Doping qabul qilgan Isinbaeva XOQ sportchilari komissiyasi a’zosi etib saylandi? Tomas Bax (XOQ prezidenti – «Daryo» izohi), sportchilar olimpiya o‘yinlari yuragi ekanini aytgandi. U [Isinbaeva] sportchimi? Rostanmi? – deya yozdi Mark TShyuksberi Twitter’dagi sahifasiga. – Dunyo sporti rahbarlarining holati haqida xavotir hissini bildirmoqchiman. Chunki, doping qabul qilgan sportchilar XOQ komissiyasi a’zosiga aylanmoqda. Shundan so‘ng qanday qilib sportni tozalashimiz mumkin? Bu erda ehtimol soxtalashtirish bo‘lgandir.

Qayd etish joiz, XOQ komissiyasi a’zosiga aylanish mezonlaridan biri – nomzod hech qanday doping tarixiga ega bo‘lishi kerak emas. Faoliyati davomida biror marta ham doping qabul qilganlikda gumon qilinmagan Elena Isinbaeva Rossiya engil atletika termasining Rio–2016 chetlatilishi tufayli (DarShya Klishinadan tashqari – uzunlikka sakrash) ushbu Olimpiadada ishtirok eta olmagandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar